Toshkent viloyatining Chinoz tumanida elektropoyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Hodisa oqibatida ayolning ikkiga bo‘linib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Transport prokuraturasining ma’lum qilishicha, 4-iyun kuni soat 06:20 da Xovos—Toshkent yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi Chinoz—Olmazor bekatlari oralig‘ida haralankatib o‘tayotgan vaqtida 1987-yilg‘da tug‘ilgan ayol M.S.ni urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)