Namangan viloyati Davlatobod tumanida 24 may kuni Nexia-2 yo‘ldan o‘tayotgan piyodalarni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:45 da “Islom Karimov” ko‘chasida 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-2’ni boshqarib ketayotib harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘ldan o‘ng tomoniga o‘tayotgan 1999 va 2002-yilda tug‘ilgan piyodalarni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyodalar og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ulardan biri vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)