• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda davlat banklarini xususiylashtirish jarayoni sekin kechmayaptimi?

    YTTBning 32-yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekistonda davlat banklarini transformatsiya qilish jarayoni bo‘yicha maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya spikerlaridan biri, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov va Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi departamenti O‘zbekistondagi doimiy missiyasining asosiy operatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Enriko Pinali mazkur jarayonlar yuzasidan “Daryo” muxbirining savollariga javob berdi.

    Kollaj: “Daryo”

    Iqtisodiy islohotlar boshlanganiga 5 yildan oshgan bo‘lsa ham davlat banklarining bozordagi ulushi kattaligicha qolayotganini inobatga olib, davlat banklarini xususiylashtirish jarayoni sekin kechmayaptimi degan savolga Abdulla Abduqodirov quyidagicha javob berdi:

    “Bu masalaga men sal chuqurroq qaragan bo‘lar edim. Birinchidan, birgina Milliybankni misol qilib oladigan bo‘lsak, 6 yil avval unga bank sektoridagi 50 foiz kapital va 75 foiz aktivlar to‘g‘ri kelar edi. Hozirgi kunda Milliybankning ulushi aktivlar bo‘yicha 21 foiz, kapital bo‘yicha 21 foizdan sal yuqoriroq. Demak, boshqa banklar raqobatga kiryapti.

    (Banklarning) davlatga yoki xususiy sektorga tegishli ekani ikkinchi darajali masala. Eng muhimi banklar o‘rtasida raqobat bormi, bank sohasida bizga kerakli bo‘lgan bank moliyalashtirish instrumentlari to‘laqonli mavjudmi, keyin raqamli banklashtirish bormi, mana shu savollarga javob berish kerak. Kimning qo‘liga tegishli ekanligi ikkinchi darajali masala.

    Eng muhimi, moliyaviy sektorda turli bank mahsulotlariga bo‘lgan talab yetarli darajada qondirilyaptimi, yo‘qmi, mana shu”, — dedi Abdulla Abduqodirov.

    Biroq, iqtisodchining qayd etishicha, yuqoridagi fikrlar davlat bu muammoni ko‘rmayotganini anglatmaydi.

    “Lekin bu deganim, davlat bugungi kunda bu muammoni ko‘rmayapti, buni inkor qilayapti degani emas. Davlat aynan shuning uchun ham eng birinchi navbatda banklarda korporativ boshqaruv usullarini o‘zgartirishga kirishdi va ularni xususiylashtirishga keng yo‘l yaratib beryapti. Mana bugun ham o‘zingiz ko‘rdingiz, eshitdingiz, chet eldan kelgan nufuzli mutaxassislar banklarning kuzatuv kengashlarida a’zo bo‘lib, o‘z fikrlarini yetkazib beryapti va bizning boshqaruv usullarini butunlay o‘zgartiryapti.

    Demak, bankda siyosiy iroda bor, texnik jihatdan biz o‘zimizga nima qilishimiz kerakligini belgilab olganmiz va bularni to‘laqonli amalga oshiramiz”, — dedi iqtisodchi.

    Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi departamenti O‘zbekistondagi doimiy missiyasining asosiy operatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Enriko Pinali esa banklarning xususiylashtirish jarayoni sekin kechmayaptimi degan savolga quyidagicha javob berdi:

    “E’tibor bering, bu notinch davrlar bo‘ldi. Bizda avval kovid bor edi, endi esa xalqaro maydonda keskinliklar kuzatilyapti. Bu jarayon biroz vaqt oladi. Chunki bu jarayon bankni transformatsiya qilishni ham o‘z ichiga oladi, transformatsiya esa muhim narsa va vaqt talab etadi. Bankni xususiylashtirishga tayyorlash yo‘lida to‘g‘ri qadamlar qo‘yish uchun barchamiz birgalikda harakat qilyapmiz.

    Shuni ham tushunishingiz kerakki, xalqaro keskinlik tufayli hozir kelib sarmoya kiritishga tayyor investorlar ko‘lami unchalik katta emas. Biz bank investorlar uchun tayyor bo‘lishiga, xalqaro vaziyat yaxshilanishiga va odamlar kelib, bankka sarmoya kiritish qiymatini aniqlashiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Hozir sizda OTP bank bor, bu birinchisi. O‘ylaymanki, bu bitimni yakunlash orqali O‘zbekiston ochiq, O‘zbekiston tayyor va banklar investorlarni kutyapti degan signal beriladi. Bu sekin jarayon, lekin u to‘g‘ri yo‘nalishda siljiyapti”, — dedi Enriko Pinali.

    24.05.2023, 23:45   Izoh (0)   5737
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turfa liboslar, gullar va olqishlar: Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftaligi boshlandi (video)

    24.05.2023, 23:10

    O‘zbekistonda Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes forum o‘tkaziladi

    24.05.2023, 22:59

    O‘zbekistonning har bir hududida 1,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxonalar quriladi

    24.05.2023, 22:13

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    24.05.2023, 21:55

    Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Damas tiklab bo‘lmas darajaga keldi

    24.05.2023, 21:27

    Toshkentda 8 nafar o‘smir yigit o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

    24.05.2023, 21:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.