Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 16-may kuni ishchini xandaq qazish vaqtida tuproq bosib qoldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:50 da “Yuqori Soybo‘yi” mahallasida bir kishining ustiga tuproq ko‘chib tushgani haqida xabar kelib tushgan. Bu holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Farg‘ona viloyati FVB qutqaruv otryadlari yetib kelgan. Ko‘chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlangan. Qutqaruvchilarga voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar ham yordam ko‘rsatishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi bo‘lib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning hayotiga xavf soluvchi alomatlar yo‘q.
Izoh (1)
Bitta ishchi qolganlar ...