Korzinka do‘konlar tarmog‘i kassalarida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 26- va 27-bandlariga ko‘ra, “Tartibga solish qumdoni” ro‘yxatiga quyidagi ma’lumotlar kiritilmoqda.
“Tartibga solish qumdoni” ro‘yxatiga quyidagi ma’lumotlar kiritilmoqda:
- “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi: Anglesey Food MCHJ XK (veb-sayti korzinka.uz);
- sinovdan o‘tkaziladigan moliyaviy xizmatning qisqacha tavsifi: “Anglesey Food” MCHJ XK kassalari orqali bank kartalari saqlovchilariga naqd pul berish;
- Anglesey Food MCHJ XK kassalari orqali bank kartalari saqlovchilariga naqd pul berishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlangan sana: 2023-yil 28-aprel;
- sinovdan o‘tkazish boshlanadigan sana: 2023-yil 1-may;
- sinovdan o‘tkazishni tugatish sanasi: 2023-yil 1-noyabr.
Sinovdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.
Izoh (0)