• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tamaki bozorining 20 foizdan ziyodini noqonuniy olib kirilgan mahsulotlar tashkil etmoqda. Bu borada yetakchilik qilayotgan viloyatdan “Daryo” reportaji (video)

    O‘zbekistonda tamaki bozorining 20 foizdan ziyodini mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan tamaki mahsulotlari tashkil etishi haqida maʼlumotlar bor. Bu holat vodiy viloyatlari, xususan, Namanganda ham ko‘p uchramoqda, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

    Namangan viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rasulxon Rahmatxonovning maʼlum qilishicha, boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qilish idoralar bilan hamkorlikda 2022-yili o‘tkazilgan tadbirlar davomida 93 ta holatda qiymati 2 milliard 79,4 million so‘m bo‘lgan 266 284 quti aksiz markalari bilan qadoqlanmagan kontrafakt tamaki mahsulotlari aniqlangan.

    Foto: Jahongir Akramov

    Joriy yil 4 oyi mobaynida esa 16 ta holatda qiymati 1 milliard 351,2 million so‘mlik 172 095 quti kontrafakt tamaki mahsulotlari aylanmasiga chek qo‘yilgan.

    “Raqamlardan ko‘rib turibsizki, kontrafakt tamaki mahsulotlari oqimi tobora ortib bormoqda. Chunki arzon va xaridorgir. Buning cababi ham maʼlum: noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, davlat byudjetiga soliq to‘lanmagan. Ularni xarid qiluvchilar sifati kafolatmagan mahsulot ortidan salomatligini yanada xavf ostiga qo‘yadi, qolaversa, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlar tegirmoniga suv quyadi”, — deydi Rasulxon Rahmatxonov.

    Namangan viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rasulxon Rahmatxonov

    Foto: Jahongir Akramov

    Tamaki kontrabandasi ko‘lamini tasavvur etish uchun joriy yil yanvar oyida Bojxona boshqarmasi DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir tafsilotlariga to‘xtalib o‘tish kifoya. Tadbir davomida Kosonsoy tumanidagi “Navbahor-2” mahallasida vaqtincha yashovchi fuqaro xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 831 million so‘mlik (!) 11 turdagi jami 71 800 quti tamaki mahsulotlari saqlab kelinayotganligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Joriy yil 4-aprel kuni “Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq, isteʼmolchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi.

    Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan, murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar esa rag‘batlantiriladi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Bu borada soliq idoralari tomonidan oldinroqdan sayʼ-harakatlar boshlangandi. Xususan, noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi haqida xabar berish orqali isteʼmolchi qo‘llangan jarimaning 20 foizi miqdorida rag‘batlantirilishi mumkin. Buning uchun undan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi faktini qayd etish va “Soliq.uz” ilovasi orqali ariza yo‘llash talab etiladi.

    Namangan viloyat soliq boshqarmasi katta inspektori Sayyod Olimjonov

    Foto: Jahongir Akramov

    Namangan viloyat soliq boshqarmasi katta inspektori Sayyod Olimjonovning aytishicha, ushbu ilovaning “Soliq hamkori” tizimi orqali 2022-yili 7 ta, joriy yili esa 4 ta murojaat kelib tushgan va murojaatchilar tegishli tartibda rag‘batlantirilgan.

    Soliq idoralarining o‘zi ham tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashda chetda turgani yo‘q: 2022-yili o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 41 ta holatda 80 million so‘mlik, joriy yilgi tadbirlar davomida esa 37 ta holatda 110 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

    Foto: Jahongir Akramov

    Noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan tamaki mahsulotlariga qarshi kurash borasida Majburiy ijro byurosining ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. MIB Namangan viloyat boshqarmasi inspektori Oybek No‘monovning bildirishicha, 2022-yil davomida byuroning tuman-shaxar bo‘limlari tomonidan sudlarning jinoiy ish materiallarida ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan jami 960 million so‘mlik tamaki mahsulotlari yo‘q qilingan.

    MIB Namangan viloyat boshqarmasi inspektori Oybek No‘monov

    Foto: Jahongir Akramov

    Joriy yilning 4 oyi davomida esa 532 million so‘mlik tamaki mahsulotlari yoqib yuborilgan.

    Foto: Jahongir Akramov

    16.05.2023, 19:50   Izoh (0)   6986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ekonazorat”ga yuborilgan qoidabuzarliklar haqida xabar bergani uchun necha kishi rag‘batlantirilgani maʼlum qilindi

    16.05.2023, 19:43

    O‘zLiDeP imzo to‘plashga kirishdi

    16.05.2023, 19:42

    “Biz uchun O‘zbekistondan yaqinroq do‘st yo‘q” — Ilhom Aliyev 

    16.05.2023, 19:30

    Prezident topshirig‘i bilan tut bargidan choy ishlab chiqarishga kirishgan buxorolik tadbirkor muammolarga duch kelmoqda. U Oliy suddan yordam so‘radi

    16.05.2023, 19:18

    “Soxta obro‘ orttirish maqsadida prokuror talabiga asossiz eʼtiroz bildirgan”. Bosh prokuratura prokurorga qarshi chiqqan IIB mansabdori haqida

    16.05.2023, 18:13

    Enter Engineering Kompaniya: Jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi

    16.05.2023, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.