• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident topshirig‘i bilan tut bargidan choy ishlab chiqarishga kirishgan buxorolik tadbirkor muammolarga duch kelmoqda. U Oliy suddan yordam so‘radi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda tut bargidan choy ishlab chiqarish va uni eksport qilishga doir masala ham ko‘rib chiqilgan va shaxsan davlat rahbari tomonidan bu ishni amalga oshirish bo‘yicha masʼullarga topshiriq berilgan. Prezident topshirig‘ini bajarishga harakat qilayotgan tadbirkor ayni paytda muammolarga duch kelmoqda.

    Tadbirkorning Oliy sud raisidan ko‘mak so‘rashicha, unga prezident tashrifidan so‘ng nol balans evaziga berilgan bo‘sh turgan bino ombori, quritish bino hamda inshootlarni qayta qurib, zamonaviy holga keltirgach, sud qarori bilan tortib olinmoqda.

    Nol balansda topshirilgan bo‘sh binoning eski holati.
    Foto: “Daryo” / Alisher Murodov.
    Nol balansda topshirilgan bo‘sh binoning eski holati.
    Foto: “Daryo” / Alisher Murodov.

    Oliy sud raisi Baxtiyor Islomovning Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida maʼlumot berilishicha, “Bukhara Melburry Tea Silk Worm” MCHJga prezident tashrifida aytilgan tut bargidan choy ishlab chiqarish vazifasi topshirilib, buning uchun MCHJ rahbariga bo‘sh turgan ombor, quritish binosi va inshootlar berilib, evaziga 16 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritilishi, 50 ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyati qo‘yilgan.

    “Biz 16 milliard so‘m emas, 18 milliard so‘m investitsiya kiritdik. 50 ta emas, 360 ta yangi ish o‘rni yaratdik. Eski binolarni qurib, yangi, zamonaviy binolar qurdik. Nafaqat tut bargidan choy ishlab chiqaruvchi, pilla urug‘i zavodi faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydik. Tut bargidan ishlab chiqarilgan choyni Xitoyga, shunga talabi bor mamlakatlarga eksport qila boshladik”, — deydi zavod ish yurituvchisi Alisher Murodov.

    Sud masʼullarining Baxtiyor Islomovga maʼlumot berishicha, G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi tadbirkor o‘z majburiyatini bajarmagan degan vaj bilan uni sudga bergan va binoni tortib olgan.

    “Biz eski binoni olib, uni buzib tashlab, qayta qurdik. Shunga qaramasdan investitsiya kiritmagansizlar degan bahona bilan bino-inshootlarni tortib olishdi. Natijada 360 nafardan ortiq ishchi ishsiz qoldi. Xitoylik hamkorimiz tomonidan kiritilgan 1 million dollarlik, o‘zimiz kiritgan 18 milliard so‘m investitsiya mablag‘larimiz kuyib ketmoqda. Biz tayyor qilgan imkoniyatni tortib olishdi”, — deydi tadbirkor vakili.

    Sayyor sudda Oliy sud raisiga tushuntirish berilishicha, G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi bu ishlar bitgach, tashkil etilgan bo‘lib, endilikda tayyor imkoniyatga ega joyni tortib olgan.

    “Prezidentimiz 2018-yilning 16—17-fevral kunlari viloyatda, xususan G‘ijduvonda ham bo‘lib, eski paxta zavod o‘rnida tut bargidan choy ishlab chiqarish tashabbusini ilgari surgan. Aynan o‘sha masʼuliyat tadbirkorga yuklatilgan. G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi aslida keyinchalik tashkil etilgan. O‘sha paytda hokimiyat bo‘sh turgan yer va binolarni ‘Bukhara Melburry Tea Silk Worm’ MCHJga beradi. Erkin iqtisodiy zona tashkil etilgach, bular shartnoma qilishadi va shu shartnomaga ko‘ra ishni olib borishadi. Prezidentimiz aytgan topshiriq to‘liq bajarilib, ish o‘rinlari yaratiladi. Tut bargidan ishlab chiqarilgan choy eksporti yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimchasiga ipak qurti navlarini yaratish zavodi ishga tushiriladi. Tayyor binolar tortib olingach, shuncha pul kuymoqda, 360 dan ortiq ishchi ishsiz qolmoqda”, — deydi Oliy sud raisi qabuliga kirgan murojaatchi vakili.

    Sud hujjatlarida taʼkidlanishicha, “Bukhara Melburry Tea Silk Worm” MCHJ bo‘sh turgan ombor, quritish binosi va inshootlar nol balansda, 2 million dollar investitsiya kiritish sharti bilan berilgan bo‘lishiga qaramasdan, tadbirkor o‘z vaqtida investitsiya kiritmagan. Qolaversa, nol balansda berilgan binolarga egalik huquqi bo‘lmasa-da, uni garovga qo‘yib, ipoteka krediti shartnomasini imzolagan. G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi shundan so‘ng sudga daʼvo kiritib, tadbirkor va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Buxoro mintaqaviy filiali bilan tuzilgan 2021-yil 30-iyuldagi shartnomani haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Sud daʼvogar talabini qanoatlantirgan va tut bargidan choy ishlab chiqarib, eksport qilayotgan tadbirkor ishini to‘xtatib, binoni qaytarish haqida qaror qabul qilgan.

    Murojaatchilarning aytishicha, tut bargidan choy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor Xitoyga yiliga 5 milliard so‘mlik mahsulot eksportini amalga oshirmoqda.

    “Binolarimiz tortib olingach, ishga 1 million dollar investitsiya kiritgan xitoylik tadbirkor ketib qoldi. 360 nafardan ortiq ishchi ishsiz qoldi. Binolarimizni qaytarib berishsa, bugundan boshlab yana ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymiz. Eksportni amalga oshiramiz”, — deydi murojaatchilar.

    Mazkur murojaat Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov nazoratiga olinib, qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    16.05.2023, 19:18   Izoh (0)   9564
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Soxta obro‘ orttirish maqsadida prokuror talabiga asossiz eʼtiroz bildirgan”. Bosh prokuratura prokurorga qarshi chiqqan IIB mansabdori haqida

    16.05.2023, 18:13

    Enter Engineering Kompaniya: Jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi

    16.05.2023, 16:30

    Toshloq tumani bosh imomi Shukrullo Egamberdiyev lavozimidan ozod qilindi

    16.05.2023, 15:49

    Namanganda qariyb 2 mlrd so‘mlik tender amalda ishlamayotgan korxonaga berib yuborildi

    16.05.2023, 15:46

    Nukusda 9,2 mlrd so‘m pulni qimorda yutqazgan bank xodimi 8 yilga qamaldi

    16.05.2023, 15:10

    “O‘zgidrometeorologiya”ning bosh direktori o‘ziga o‘zi 46 mln so‘m rag‘batlantirish yozgan holati ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda” — Tabiat resurslari vazirli...

    16.05.2023, 14:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.