• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yaponiyadek jamiyatning ham ‘minus’lari bor” — to‘rt yil Yaponiyada yashagan o‘zbekistonlik o‘qituvchi xulosalari

    Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiya jamiyatida ham baʼzi masalalarda eskicha qarashlar saqlanib qolgan. Mamlakatda to‘rt yil yashagan, hozirda Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universiteti o‘qituvchisi Sherzod Mo‘minov Telegram’dagi kanalida bu haqdagi fikrlarini yozdi.

    Foto: Tokio / Traveltimes.ru

    “Minus”larning eng kattasi — yopiq fikrlilik

    Yaponiyadek jamiyatning ham kamchiliklari bor. Hatto yetti o‘lchab, bir kesadigan, har ishda tartib va muvozanatni xush ko‘radigan yapon jamiyati ham hamma masalalarda dunyoda yetakchi emas. Bugun ana shular haqida qisqacha, mening subyektiv nuqtayi nazarimdan gaplashamiz.

    Boshidan aytay, Yaponiyaga eʼtirozim ko‘p emas. To‘rt yil umrimni u yerda o‘tkazganman — juda jig‘ibiyronimni chiqaradigan narsa bo‘lmasa, ahamiyat bermayman. Chunki “plyus”lar “minus”larni oshig‘i bilan bosib ketadi.

    Minuslarning eng kattasi va eʼtirozlarimning asosi — yapon jamiyatida hanuz hukm suradigan yopiq fikrlilikdir. Yaʼni “o‘zimiz bilganimizcha, o‘zimiz uchun”, qabilida fikrlash, egilmaslik. Bu asrlar davomida orol mamlakatda yashash mahsuli — “orol mentaliteti”. Men “sevmaydigan” jihatlar, asosan, shu mentalitetdan kelib chiqadi. Yaponiyada bir muddat yashasangiz, bularning kamida bittasiga duch kelasiz. Boshida tushunmaysiz. Qarshilik qilib ko‘rasiz. Balki jahl ham qilarsiz. Oxir-oqibat hammasi befoyda ekanini tushunib yetasiz.

    Bunday yopiq fikrlash, orol mentaliteti, yaponlarning taʼbiri bilan aytganda “qattiqboshlikka” misollar ko‘p. Hammasini yozib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yerda eskilik sarqitlari saqlanib qolgan uch soha haqida yozaman.

    Foto: Twitter

    Banklar

    Turist bo‘lib emas, yashash yo ishlashga borsangiz, bank hisobi ochishingiz kerak bo‘ladi. Ammo bu siz o‘ylaganchalik oson emas. Ko‘p banklar haligacha chet elliklarga 6 oygacha hisob ochmaydi. Pulingizni yostiq tagida saqlab yuraverardingiz-u, muammo bor: oylik yo stipendiya bankka o‘tkaziladi. 2010-yili Yaponiyadan ketib, 2013-yilda qaytib borganimda, qabul qiluvchi tomon birinchi to‘lovni — uch oylik stipendiya va boshqa to‘lovlar uchun 800 ming yena (8 ming AQSH dollari atrofida) naqd bergan.

    Foto: Twitter

    Hisob ochish uchun yirik bir bankka borganman, 1 soat aylanib-o‘rgulgandan keyin, “inkan”, yaʼni shaxsiy muhringiz bormi, deyishgan. “Yo‘q edi, o‘zbekman,” desam, “qanday qilib inkansiz yashaysizlar O‘zbekistonda,” degan.

    Bunday vaziyatlarda Pochta banki sizga oro kiradi. Ular odatda muammosiz hisob ochib beradi (ammo pul o‘tkazish yo qabul qilish uchun baribir 6 oy kutasiz).

    Mobil aloqa kompaniyalari

    Foto: Twitter

    Yaponiyaga chetdan telefon olib bora ko‘rmang. Chunki unga SIM-karta olguncha telefonni dengizga uloqtirishgacha borasiz. Chetda chiqqan telefon Yaponiyada ham bo‘lishi mumkin, ammo yapon aloqa kompaniyalari sizga SIM-karta bermaydi. Chunki telefonni ulardan olmagansiz. Yana o‘sha 2013-yilga qaytamiz. Bir yildan ortiqroq turishim kerak bo‘lgani uchun, kontraktga SIM-karta olmoqchi bo‘lganman. O‘sha payt telefonim “Neksus” edi, aloqa kompaniya ofisida, sotuvda huddi o‘shanday “Neksus” turgandi. Lekin menga “telefoning Angliyaniki deb” SIM-karta berishni xohlashmagan. “Mana, o‘zlaringda shu model turibdiku”, deb jig‘ibiyronim chiqqanida, “sening modelingda Yaponiya standarti belgisi yo‘q ekan” degan. Meni diskriminatsiya qilyapsizlar, deganman. 2 soat boshini qotirganimdan keyin, “javobgarlik o‘z bo‘ynimda”, degan qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib, SIM-karta bergan.

    Ijaraga uy olish

    Foto: Twitter

    Texnika taraqqiyoti deyarli XXII asrga yetgan Yaponiyada uy ijaraga olish ko‘pincha, hanuz XX asr qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Men u yerga birinchi borganimga bu yil 15 yil bo‘ladi. O‘shandan beri qoidalar sal yumshagandek. Ammo rieltor orqali ijaraga uy olish hanuz juda qiyin. Birinchidan, katta shaharlarda yaxshi uylar (Yaponiyada bu poyezd bekatiga yaqin joy degani) juda qimmat bo‘ladi. Ikkinchidan, yaxshi joy topsangiz, uyga kirguncha kattagina to‘lov qilish kerak bo‘ladi. Rieltor va mahallaga qarab, qo‘shimcha to‘lovlar ham bo‘lishi mumkin.

    To‘lovlar: 1) Rieltor puli. Uyni internetda topsangiz ham sayt egasi bo‘lgan rieltor kompaniya to‘lov oladi; 2) Kamida bir oylik ijaraga teng depozit. Qaytarilishi mumkin; 3) Eskilik sarqiti bo‘lmish “kalit puli,” yaʼni uy egasiga minnatdorlik to‘lovi. 1-2 oylik ijaraga teng. Qaytarilmaydi.

    10.05.2023, 11:00   Izoh (1)   13623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1386634760@telegram.org / 10.05.2023, 14:41

      Haa shovvozlar)

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda eri bilan yashab kelgan ayolni “samosud” qilgan xotinga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    10.05.2023, 10:50

    O‘zbekistonda 11-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    10.05.2023, 10:40

    Saudiya Arabistoni O‘zbekistonning 6 ta viloyatida gul yetishtirishni yo‘lga qo‘yadi

    10.05.2023, 09:42

    Qashqadaryodagi xonadonda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

    10.05.2023, 09:32

    Umra ziyorati maʼlum muddatga to‘xtatildi — O‘zbekiston Umra ziyoratlari Assotsiatsiyasi

    10.05.2023, 09:21

    Qashqadaryoda ko‘zi ojiz bolani mashina urib yuborgani aytilmoqda

    10.05.2023, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronga hujum tez orada tugashi haqida AQSHni ogohlantirdi

    Dunyo | 24 iyun, 08:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” va “Botafogo” keyingi bosqichda. “Atletiko” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 24 iyun, 07:44

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.