Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 18-sonli ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchisini mashina urib yuborgani aytilmoqda. “Daryo” mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan bog‘landi.
Xabarda aytilishicha, holat 27-aprel kuni soat 20:40 lar atrofida sodir bo‘lgan. Maktab hududidan tashqariga chiqqan 7-sinfda o‘quvchi, ko‘zi ojiz bolani mashina urib yuborgan. U ko‘chaga “Rolton” olish uchun chiqqan bo‘lgan.
Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati holat masʼullar ishtirokida atroflicha o‘rganilayotganini maʼlum qildi. O‘rganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot berilishi taʼkidlandi.
Izoh (0)