O‘zbekiston hududiga Qozog‘istondan noqonuniy kirib kelgan qiz olti oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi, Aqtau qalasi 12A-kichik tumani 14-uyda yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Nodirabegim Nugmanova Amanjul qizi 2022-yil 17-noyabr kuni Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy kirib kelgan. Unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.
Ushbu shaxs haqida biror maʼlumotga ega fuqarolardan boshqarma ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Izoh (0)