• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Stereotip va diskriminatsiya: nima uchun O‘zbekiston IT sohasida ayollar kam?

    IT Park R&D mutaxassisi Timurmalik Elmuradovning IT-mutaxassislar yetishmovchiligi muammosini hal qilishning eng samarali usuli haqidagi tahlili va fikrlarini taqdim etdi.

    Foto: “Daryo”

    IT Park rezidentlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ayollarning umumiy soni jami xodimlar sonining 16,8 foizini tashkil qilar ekan.

    Agar O‘zbekiston aholisining 50 foizini ayollar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, nomutanosiblik yaqqol namoyon, buni bartaraf etish yoki hech bo‘lmaganda kamaytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Ushbu sa’y-harakatlar nafaqat adolatni tiklash, balki mamlakatda IT mutaxassislari yetishmovchiligi borasidagi muammoni hal qilishga yordam beradi.

    Nima uchun IT sohasida ayollar kam

    O‘zbekiston IT sohasida gender nomutanosibligi kuzatilgan yagona davlat emas. Deyarli barcha mamlakatlar bu muammoga turlicha tarzda duch keladi.

    Xususan, McKinsey tadqiqotiga ko‘ra, ayollar Yevropa kompaniyalaridagi barcha texnik lavozimlarning atigi 22 foizini egallar ekan.

    Buning bir qancha sabablari bor: patriarxal turmush tarzi-yu tarixan mustahkamlanib qolgan gender tengsizligidan tortib, iqtisodiy vaziyat va umuman IT sohasining orqada qolishigacha.

    Biroq, barcha mamlakatlarda ko‘pincha ikkita asosiy to‘siq uchraydi.

    Birinchisi — stereotip

    Masalan, hali ham jamiyatda texnika fanlari qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalarga xos, degan fikr mavjud.

    Bu noto‘g‘ri tushuncha negizida Aristotelning asarlari yotadi. Faylasuf fikricha, erkaklar tabiatan ayollardan ko‘ra ratsional (oqilona) fikrlashga moyil.

    Ushbu tushunchalar ta’sirida qizlarda texnologiya sohasi ular uchun emas, degan fikr shakllanadi, natija o‘laroq erkaklar orasida ITga qiziqish ayollarga nisbatan yuqori.

    Ikkinchi to‘siq — diskriminatsiya (kamsitish)

    Agar, deylik, ayol kishi qandaydir tarzda stereotiplar ta’siriga tushib qolmay, dasturchi kasbini tanlagan bo‘lsa ham, u kelajakda ish topish va yuqori lavozimga ko‘tarilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

    Misol uchun, bir necha yil oldin ma’lum bo‘lishicha, Google kompaniyasi garchi ayollar kasbiy malakasi bo‘yicha qolishmasa-da, erkaklarni yuqori lavozimga ko‘tarishga ko‘proq yon bosar ekan.

    Bu kabi “kamsitish” qanchadan-qancha ayol-qizlarning texnologiyadan tezda “sovishiga” va ayollar uchun an’anaviy hisoblangan sohalarga ketishiga olib keladi.

    IT sohasida ayollar ko‘p bo‘lishi nega muhim?

    Ancha yillar davomida IT erkaklar kasbi deb hisoblangan.

    Biroq, vaqt o‘tishi bilan kompaniya rahbarlari ayollar muammolarni hal qilishda yangicha yondashishlari va mahsulotni ishlab chiqishda noyob g‘oyalar taklif qilishlarini tushunib yetishdi.

    Mamlakat rahbarlari, o‘z navbatida, texnologiya sohasida ayollar qancha ko‘p bo‘lsa, mamlakatda boy aholi shunchalik ortishini anglab yetdi.

    Shu tariqa, asosiy afzalliklar shakllandi:

    • Jamoada ayollar bo‘lgan kompaniyalar ko‘proq innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu Garvard Business Review tadqiqotida isbotlangan.
    • Ayollar tomonidan asos solingan kompaniyalar yaxshi daromad keltiradi. Buni Boston Consulting Group tadqiqoti isbotladi.
    • Texnologiya sohasida ayollar qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi maosh farqi shunchalik kamayadi. Bu NCWIT tadqiqoti tomonidan tasdiqlangan.
    • Ayollar boshchiligidagi kompaniyalar ijtimoiy masalalarga ko‘proq e’tibor berishadi. Buni Journal of Entrepreneurship & Organization Management jurnali tadqiqoti isbotladi.

    Qolaversa, Kauffman Fellows tadqiqotiga ko‘ra, ayol ta’sischilar asos solgan startaplarga ko‘proq ayollar ishga jalb qilinar ekan.

    Bu holda bitta musbat orqali yangilarining paydo bo‘lishi, ya’ni “Domino” effektining yaqqol namunasini ko‘rish mumkin.

    O‘zbekistonda IT sohasida ayollar sonini ko‘paytirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    Boshqa davlatlardagidek, hozir O‘zbekistonda ham texnika sohasida ayollar soni kam.

    Hatto IT kompaniyalarida ayol kishi bo‘lgan sanoqli holatlarda ham, odatda unga texnik bo‘lmagan xodim roli tegadi.

    Xususan, IT Park respondentlarining 27 foizi texnik bo‘lmagan xodimlar orasida ayollar ulushi 40 foizdan ortiq ekanligini, yana 9 foiz respondentlar 30 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan qiymatni ko‘rsatdi.

    Shu bilan birga, respondentlarning 87 foizi texnik xodimlar orasida ayollar ulushi 40 foizdan kam ekanligini ta’kidladi.

    Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ayol-qizlarning IT sohasiga kirib borishi uchun institutsional cheklovlar yo‘q va muammo ko‘proq “friendly” (do‘stona) madaniyat masalasiga borib taqaladi. 

    Bu yerda asosiy jihat “IT — bu erkaklar kasbi”, “texnologiya ayollar uchun emas” qabilidagi tushunchalarni o‘zgartirishdir.

    IT Park tomonidan hozirda mazkur yo‘nalishda sa’y-harakatlar olib borilmoqda. O‘tgan yili bir nechta loyiha ishga tushirildi:

    IT Women — Karakalpakstan (Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida USAID bilan hamkorlikda)

    Qoraqalpog‘istondagi ayollar va qizlar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturi.

    Loyiha doirasida 60 nafar xotin-qizlar bepul ta’lim oldi (30 nafar ayol grafik dizayn, 30 nafari SMM bo‘yicha kurslarda qatnashdi).

    Skills4Girls (UNICEF bilan)

    12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar, shu jumladan turli shakldagi nogironligi bo‘lgan qizlar uchun IT bo‘yicha o‘quv dasturi.

    Skills4Girls raqamli savodxonlik loyihasi 214 nafar ishtirokchi, jumladan, 70 nafar imkoniyati cheklangan qizlarga ta’lim berdi.

    “GAP” ayollar IT klubi

    IT sohasida ayol kadrlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammoni hal qilishga qaratilgan  munozara klubi. Klub tashkilotchilari tomonidan maxsus taklif etilgan mutaxassislar va mehmonlar bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazib ulgurildi.

    Digital Internship Program

    Axborot texnologiyalari bo‘yicha bitiruvchilar va boshlang‘ich bosqichdagi yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi. Uning doirasida 53 nafar qiz IT-kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shundan 23 nafari ishga joylashdi, qolganlari esa korxonalarda o‘z amaliyotini uzaytirish imkoniga ega bo‘ldi.

    Bundan tashqari, Astrum IT akademiyasi bilan birgalikda YeXHT dasturi doirasida tadbirkor ayollar uchun IT-ko‘nikmalar va raqamli marketing yo‘nalishida malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.

    Uning doirasida esa 150 nafar tadbirkor ayol axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitildi, 90 nafar ishtirokchi esa elektron tijorat va raqamli marketing yo‘nalishida IT-vositalar bo‘yicha malaka oshirishning ikkinchi bosqichiga qabul qilindi.

    IT-mutaxassislar yetishmasligi bilan bog‘liq muammoni hal etish va aholi bandligini taʼminlashning eng samarali yo‘li

    Bir necha yil oldin GitHub’ning 1,4 million foydalanuvchisini qamrab olgan tadqiqot natijalari e’lon qilingan edi.

    Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ayollarning dasturlash qobiliyati nafaqat erkaklaridan qolishmaydi, balki bir qadar ustun hamdir.

    Ayollarning kamdan-kam hollarda IT sohasini tanlashi sababi bir vaqtlar kimdir ularni bu erkaklar sohasi deb ishontirganida.

    O‘zbekistonda ayollar aholining yarmini — qariyb 18 million kishini tashkil etadi, shundan 3 milliondan ortig‘i 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan ayol-qizlar.

    Ayol-qizlar IT sohasini tanlashda rag‘batlantirilib, qulay sharoit va do‘stona madaniyat shakllantirilgan taqdirda, bular istiqbolli natijalarga erishilishi uchun kattagina raqamlar.

    O‘zbekiston tomonidan mazkur yo‘nalishda sa’y-harakatlar yaqinda boshlangan bo‘lsa-da, hozirdanoq salmoqli natijalar mavjud. Agarda joriy dasturlar kengaytirilib yangilari ishga tushirilsa, turli stereotip va kamsitish holatlari yengib o‘tilsa, texnologiya sohasida ayollar soni tezroq o‘sishni boshlaydi.

    Bu IT-mutaxassislar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish va aholi bandligini ta’minlashning eng maqbul yo‘lidir.

    Miyaning faqat bitta yarim sharidan foydalanib yashash mumkin, ammo ikkalasi ham ishtirok etgani yaxshiroq.

    Texnologiya sohasidagi erkaklar va ayollar soni mutanosibligiga kelsak, mazkur jarayon ham aynan shu tamoyilga asoslanadi.

    27.04.2023, 17:50   Izoh (0)   4486
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikistondagi uzumzorlarning katta qismi nobud bo‘ldi — EastFruit 

    27.04.2023, 16:41

    “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” yil boshidan beri 846 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

    27.04.2023, 11:04

    O‘zbekistonda piyozning yangi navi yaratildi

    27.04.2023, 00:06

    Markaziy Osiyo mamlakatlari 2050-yilga borib suv tanqisligiga duch keladi. Buning oldini olish mumkinmi?

    26.04.2023, 23:51

    O‘zbekistonda to‘langan keshbeklar 1 trln so‘mdan oshdi

    26.04.2023, 21:40

    Temiryo‘l transporti sohasida DXSHdan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganildi

    26.04.2023, 21:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.