Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Bobur nomidagi o‘zbek akademik teatri foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qariyb 100 yillik tarixga ega mazkur teatr 1,5 yildan ortiq vaqt davomida qayta taʼmirlangan. Binoning ochilish marosimida O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qirg‘iziston Ministrlar kabineti raisi o‘rinbosari Edil Baysalov, Turksoy tashkiloti Bosh kotibi Sultan Rayev va boshqalar ishtirok etgan.
2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistondagi O‘sh musiqali akademik drama teatrini rekonstruksiya qilishga 5 million dollar ajratagani ma’lum bo‘lgandi. Rekonstruksiya ishlarini 2022-yil boshiga yakunlash rejalashtirilgan edi.
Izoh (0)