“O‘zgidromet” 25–28-aprel kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘li hududlarida va respublika janubida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25-aprelda shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari 13-15 darajagacha, ba’zi joylarda 16-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-33 darajagacha, cho‘l hududlari va respublika janubining ba’zi joylarida 35-37 darajagacha ko‘tariladi.
Qayd etilishicha, bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Toshkentda ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi 12-14 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)