• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr 100 yoshga to‘ldi

    27-mart — Butunjahon teatr kuni hisoblanadi. 2018-yilda Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr — Bobur nomli O‘sh davlat akademik musiqali drama teatri 100 yoshga to‘ldi. Quyida jurnalist Dilmurod Rahmonovning teatr tarixiga oid maqolasi e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Dilmurod Rahmonov

    Foto: Dilmurod Rahmonov

    2018-yili Bobur nomli O‘sh davlat akademik musiqali drama teatri 100 yoshga to‘ladi. Bobur nomli O‘sh teatri Qirg‘izistonning eng keksa professional teatri, Markaziy Osiyoning eng keksa teatrlari ichida ikkinchi. 1914-yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida O‘sh shahrida rus-tuzem maktabi o‘qituvchisi Boltihoji Sultonov bilan birgalikda teatr to‘garagi tashkil etilgan. 1918-yili Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammada’zim A’lam o‘g‘li (Madazimov) rahbarligida Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Jo‘raxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, Abdurashid Eshonxonov, A. Saidovlar bilan birga Qirg‘izistonda birinchi bo‘lib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida O‘shda havaskor teatr to‘garagi tuzilgan. Rahmonberdi Madazimov Qirg‘izistondagi teatr harakatining asoschilaridan biri va O‘shdagi o‘zbek teatrining birinchi badiiy rahbari va asoschisi bo‘lgan. Keyinchalik truppaga Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar qo‘shilishgan.

    Foto: Dilmurod Rahmonov

    Foto: Dilmurod Rahmonov

    1919-yili teatr to‘garagi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Ushbu truppa Qirg‘izistonning janubida nafaqat teatr san’atini, balki professional musiqa san’atining rivojlanishiga ham yuksak hissa qo‘shgan. Keyinchalik teatr truppasi Bobur (Kirov) nomli O‘sh Davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrini tuzishga asos bo‘lgan. O‘sh teatri Toshkentdagi Hamza nomli o‘zbek milliy akademik drama teatridan (1913—1914-yillari tuzilgan) keyin Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatrdir.

    Rahmonberdi hoji Madazimov teatr truppasi bilan O‘shning barcha tumanlarini aylanib, konsert va spektakllar qo‘yib chiqdi va bosmachilikka san’at quroli orqali kurash olib bordi. Tumanlarda spektakllar, konsertlar qo‘yib, bosmachilarni joylashgan yerlarini va ularni yashirib qo‘ygan qurol-yarog‘lardan xabar topib, o‘zining qudasi, O‘sh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshlig‘i Boltihoji Sultonov bilan birga bosmachilarni tor-mor etishda faol ishtirok etdi. Bosmachilar joylashgan tumanlardan qizillarni qurol-yarog‘larini aravasiga yashirib o‘tkazgan va qizillarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan.

    Fuqarolar urushi davrida O‘sh hududi va uning tevarak-atrof tumanlari front maydoniga aylandi. Truppa ham shu frontning ishtirokchisi, partiyaning targ‘ibotchisi bo‘ldi. Teatrning asoschisi Rahmonberdi hoji Madazimov shunday hikoya qilgan edi:

    “Qo‘rboshi Madaminbek Andijon atrofida izg‘ib, xalqni talab yurgan edi. O‘sh garnizoni Andijon harbiy qismiga qurol-yarog‘ bilan yordam qilmoqchi bo‘ldi. Lekin qurollarni qanday yetkazish mumkin? Bu mushkulni teatr artistlari hal qildi. Soyabon arava bezatilib, qurol-yarog‘lar tekis taxlandi. Ustiga polos, ko‘rpa-to‘shaklar solindi. Rahmonberdi Madazimov grim bilan katta eshon qiyofasiga kirdi. Yana ikki artist uning ‘muridlari’ bo‘ldi. Uchchalasi ham oldiga eski kitoblardan ochib, ‘xatmi-xo‘ja’ qilganday yo‘lga tushishdi. Arava Xo‘jaobodga yaqinlashganda miltiq ovozi eshitildi. O‘n nafar bosmachi kelib aravani o‘radi. Shunda aravakash bosmachilarga qarab, ‘jim’ ishorasini qildi va pardani qiya ochdi. Bosmachilar ‘eshon’ va ‘muridlar’ni ko‘rib, ta’zim qilishdi. So‘ngra hurmat bilan Andijonga kuzatib qo‘ydi. Qizillarni qurol bilan ta’minlash maqsadida truppaning bunday ‘postanovkalari’ bir-necha marta takrorlandi”.

    1918-yili teatr asoschilaridan biri inqilobchi Boltihoji Sultonov O‘sh uyezdi militsiyasining birinchi boshlig‘i bo‘lib tayinlandi. Qo‘rboshi Xolxo‘ja Boltihoji Sultonovni boshi uchun katta pul va’da qilgan edi. 1919-yil sentabrida bosmachilar O‘shga bostirib kirdi va Boltihoji Sultonovni qo‘lga tushirib, uni shafqatsizlarcha o‘ldirishgan. Otning orqasiga tiriklayin bog‘lashib, titilib ketgan qontalash tanasini shahar ko‘chalarida aylantirishdi. O‘sh militsiyasining birinchi boshlig‘i shunday fojiali vafot etgan edi.

    Respublika arxividan olingan ma’lumotlarga binoan, Jo‘raxon Zaynobiddinovga 1920-yil 6-avgustda 1808-sonli hujjat berilgan. Unda: “Jo‘raxon Zaynobiddinov Farg‘ona viloyati, O‘sh shahridagi harbiy komissariatning maorif tashviqoti (agitprosvet) qoshidagi turk truppasining artisti”. Siyosiy maorif kotibi A. Shpilovskiy imzosi, muhri” degan so‘zlar bor.

    Truppaning birinchi yirik asari Mannon Uyg‘urning “Turkistonlik tabib” spektaklida ayol rolini Jo‘raxon Zaynobiddinov o‘ynagan. Sababi, o‘sha paytlar truppaga ayollarni jalb etish man qilingan edi.

    Teatr asoschilaridan biri J. Zaynobiddinov Janubiy Qirg‘izistonda ta’lim sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U O‘sh uyezdi ta’lim bo‘limining birinchi rahbari bo‘lgan. So‘ngra J. Zaynobiddinov O‘sh viloyati ijroqo‘mi qishloq xo‘jaligi bo‘limi mudiri, keyinchalik partiya va komsomol organlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

    Teatr asoschilaridan biri Nazirxon Kamolov Toshkentga o‘qishga ketadi va O‘rta Osiyo Davlat universiteti melioratsiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Yangi tuzilgan O‘zbekiston radiosi bo‘lim boshlig‘i va 1927-yili radioefirga ilk bor chiqqan O‘zbekiston radiosi birinchi suxandoni (diktori) bo‘lgan.

    Teatr asoschilaridan yana biri O‘rinboy Rahmonov 17 yoshga to‘lganda, teatrda ijodiy faoliyatini boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qo‘shimcha o‘nta vazifani bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pyesalar va qo‘shiqlar uchun she’rlar yozgan. Ushbu qo‘shiqlarga o‘sha paytlarda birinchi raqqosa ayol Roziya Mo‘minova lapar aytib raqsga tushgan. 1934-yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida O‘rinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi.

    Foto: Dilmurod Rahmonov

    Foto: Dilmurod Rahmonov

    Teatr jamoasi 1974-yili qardosh O‘zbekiston poytaxti Toshkentda gastrolda bo‘ldi. Safar davomida teatr jamoasi san’atni targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynagan gastrollarni O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazganligi uchun O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi. Hamma o‘ynagan bosh rollari yuksak baholanib, teatrning yetakchi aktyori Jo‘raxon Rahmonovga O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining 1974-yil 5-iyuldagi 164-sonli qaroriga asosan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ushbu faxriy unvonni qirg‘izistonlik faqat ikkita artistgina olgan.

    Bugungi kunda teatrda 600 dan oshiq spektakllar qo‘yildi. Teatr, yaxshi an’analarni davom ettirib, o‘zbek va qirg‘iz birodar xalqlarini do‘stligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2018-yil 5-mart kuni yozuvchi Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan teatr sahnasida “Dengiz bo‘ylab chopayotgan olapar” asari asosida “Umid yulduzi” spektakli premyerasi namoyish etildi.

    30.03.2018, 06:20   Izoh (0)   23259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligida “Turon” harbiy teatri ochildi (foto)

    29.03.2018, 11:15

    Toshkentda “San’at g‘unchalari” XX rеspublika tanlovi o‘tkazildi

    28.03.2018, 22:21

    Afg‘onistonlik xonanda “O‘zbegim farzandiman” qo‘shig‘ini taqdim etdi (video)

    27.03.2018, 23:53

    Shveysariyada “Yevrovideniye” tanlovining ilk g‘olibasi vafot etdi

    25.03.2018, 13:24

    Toshkentga Parij milliy operasi yulduzlari tashrif buyuradi

    24.03.2018, 14:00

    Cirque du Soleil sirki akrobati Floridadagi tomosha vaqtida yiqilib halok bo‘ldi

    19.03.2018, 16:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.