O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida 2023-yilda 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Athamjon Ubaydullaev “TASS”ga ma’lum qildi.
“Biz rossiyalik hamkorlarimiz bilan doimiy ishlaymiz, masalan, ‘Gazprom neft’ bilan 2023-yilda respublikaga 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deydi Ubaydullayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning boshqa kompaniyalari, xususan, mamlakatda uchta yonilg‘i quyish shoxobchasiga ega bo‘lgan “Tatneft” bilan uning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Ubaydullayev, shuningdek, O‘zbekistondagi neft va gaz kompaniyalarining 30 foizdan ortig‘i Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilganini ma’lum qilgan.
“Bugungi kunda respublika neft-gaz sanoatining eng yirik investori ‘Lukoyl’ kompaniyasi bo‘lib, mahsulot taqsimoti bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshirilgan ikkita loyihaga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan”, — deydi Ubaydullayev.
2022-yilning noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida uch tomonlama gaz ittifoqi tuzishni taklif qilgandi.
Yanvar oyi oxirida O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangandi.
Izoh (0)