Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillari AQSHning “Katta yettilik” — G7 davlatlarining Rossiyaga barcha eksportlarini taqiqlash taklifiga qarshi chiqdi. Bu haqda manbalarga tayanib Financial Times xabar bermoqda.
“Bizningcha buni amalga oshirish mumkin emas”, — deya ta’kidlagan nashr manbalaridan biri.
Yevropa Ittifoqi va Yaponiya rasmiylari Qo‘shma Shtatlar bu taklifni Vashingtonning Rossiya Federatsiyasiga G‘arb texnologiyalarini import qilishni davom ettirish imkonini beruvchi joriy tizimdan noroziligi kuchayib borayotgan bir paytda berdi deb hisoblamoqda.
Avvalroq Bloomberg Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchisi bo‘lgan davlatlar Rossiyaga eksportni deyarli butunlay taqiqlash masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergandi.
Qayd etilishicha, “Katta yettilik” mamlakatlari vakillari may oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti oldidan ushbu g‘oyani muhokama qilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G7 mamlakatlari tomonidan Rossiyaga tovarlar eksportini to‘liq taqiqlash ehtimoli ular uchun g‘alla shartnomasini bekor qilishga va boshqa ko'p narsalarga olib kelishi mumkin degan fikrni bildirgan
Izoh (0)