• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    So‘nggi 13 yilda 11 marta YCHL yarim finaliga chiqqan “Real”, Benzemaning rekordi va Pepga yetib olgan Anchelotti. “Real” — “Chelsi” o‘yiniga oid raqamlar

    Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final javob bahsida “Real” safarda “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0). Madridliklar ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozongan holda (2:0, 2:0) yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Daryo” ushbu uchrashuvga oid statistika va raqamlarni bir sahifaga jamladi.

    Foto: Getty Images

    “Real”ning YCHLdagi gegemoniyasi davom etadi

    Madridliklar Chempionlar Ligasining so‘nggi 13 mavsumida 11 marta yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bu vaqt oralig‘ida hech qaysi jamoa bu qadar ko‘p ½ finalga chiqmagan. Eng yaqin ta’qibchi “Bavariya” 7 marta bu ishni uddalay olgan.

    “Real” Chempionlar Ligasi chorak finalidagi 37-o‘yinida ishtirok etdi. Jamoa ularning 21 tasida g‘alaba qozongan, 6 bor yutqazgan. G‘alaba foiz ko‘rsatkichi (83,7%) bo‘yicha “Real” Yevrokuboklar chorak finalida 5+ o‘yin o‘tkazgan klublar orasida eng yaxshi natijaga ega.

    “Real” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ketma-ket oltinchi bor g‘alaba qozondi. Bu klubning shaxsiy rekordi hisoblanadi. Ispan jamoasi bu o‘yinlarning barchasida APL klublarini taslim etgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi “Barselona” hisoblanadi. Katalonlar 2014—2016-yillarda pley-off bosqichida qatorasiga 7 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan.

    Foto: Getty Images

    Omadsiz Lempard, rekordchi Anchelotti

    “Chelsi” Frenk Lempard qaytganidan keyin to‘rtta o‘yin o‘tkazdi va ularning barchasida mag‘lubiyatga uchradi. Ularning uchtasida jamoa gol ham urolmagan. Umuman olganda “ko‘klar” barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 7 o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti (5 mag‘lubiyat, 2 durang).

    “Real” ustozi Karlo Anchelotti to‘qqizinchi marta YCHL yarim finaliga chiqdi. Italiyalik mutaxassis bu borada “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiolaning rekordini takrorladi. Biroq 19-aprel kungi o‘yinda “Bavariya” ortda qoldiriladigan bo‘lsa, “shaharliklar” ustozi rekordni yangilashi mumkin. Qayd etish kerak, Anchelotti to‘rt marta musobaqa g‘olibiga aylangan, Gvardiola esa ikki bor.

    Foto: Getty Images

    Anchelotti “Real” boshqaruvida esa to‘rtinchi marta yarim finalga yetib keldi. Bundan avval mutaxassis jamoa bilan 2013/14 va 2021/22-yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2014/15-yilgi mavsumda ushbu bosqichda o‘z yurishini to‘xtatgan.

    Benzema yangi marrani zabt etdi, Rodrigo Zidanga yetib oldi

    Bu “Real” hujumchisi Karim Benzema uchun Chempionlar Ligasidagi 150-o‘yin bo‘ldi. Shu vaqtga qadar faqat to‘rt futbolchi fransiyalikdan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan: Krishtianu Ronaldu (183 o‘yin), Iker Kasilyas (177), Lionel Messi (163) va Xavi (151).

    Bu o‘yinlarda Benzema 90 ta gol urgan va 27 ta assist qayd etgan. Uning hisobida beshta YCHL kubogi bor.

    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari Benzema maydon o‘yinchilari (darvozabonni inobatga olmaganda) orasida YCHLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha “Real” rekordchisiga aylandi. 131-o‘yinini o‘tkazgan Karim bu borada Raulning (130) rekordini yangiladi.

    “Qaymoqranglilar” vingeri Vinisius Junior “Chelsi”ga qarshi bahsda assist qayd etdi. Vinisius Chempionlar Ligasi joriy mavsumida 11 ta golli uzatma bilan bu borada yetakchi bo‘lib turibdi. 22 yoshli braziliyalik futbolchi jamoaning barcha musobaqalar doirasidagi so‘nggi besh o‘yinida 7 ta samarali harakat amalga oshirdi (2 gol, 5 assist).

    Uchrashuvda dublga erishgan Rodrigo musobaqadagi gollari sonini 14 taga yetkazib oldi va bu borada Zinedin Zidan bilan tenglashdi. Braziliyalik iqtidor egasi YCHLda jami 38 ta o‘yin o‘tkazgan (ulardan 20 tasida asosiy tarkibda tushgan), 14 ta goldan tashqari 8 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.

    19.04.2023, 10:11   Izoh (0)   6459
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YCHL. “Real” safarda ham “Chelsi”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, “Milan” esa “Napoli” bilan durang o‘ynadi

    19.04.2023, 01:54

    Jon Jonsning super kambeki, Maxachevning ilk himoyasi va taxtga qaytgan Adesanya. UFC’da 2023-yil o‘tkazilgan titul janglari haqida

    18.04.2023, 23:52

    Superliganing 7-tur boshlanish vaqti va ularda ishtirok etadigan hakamlar e’lon qilindi   

    18.04.2023, 16:36

    Messi, Holand va Mbappe top-3 likda, Benzema 8 pog‘ona yuqoriladi. “Oltin to‘p”ga ehtimoliy da’vogarlar reytingi yangilandi

    18.04.2023, 15:53

    “Munosabatlar barbod bo‘ldi”. Laporta “Real”ni siyosiy rejim klubi deb atadi, Madrid klubi esa video bilan javob qaytardi

    18.04.2023, 13:54

    “Bu sovrin yutish bilan bir xil”. 39 yoshli Aryen Robben 42 km masofadan iborat Rotterdam marafonini yugurib o‘tdi

    18.04.2023, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyalik 38 yoshli ayol “hayotidagi eng yaxshi qaror”ni qabul qilib, qariyalar uyiga ko‘chib o‘tdi

    Qo‘ziqorin | 26 iyul, 19:29

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.