• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jon Jonsning super kambeki, Maxachevning ilk himoyasi va taxtga qaytgan Adesanya. UFC’da 2023-yil o‘tkazilgan titul janglari haqida

    MMA olamidagi eng nufuzli promoushen UFC’da 2023-yilda 8 ta titul jangi o‘tkazildi. Qizig‘i, ularning oltitasida yangi chempion aniqlandi, faqat ikki jangchi kamarni muvaffaqiyatli himoya qila oldi. “Daryo” 2023-yilda chempionlikka erishgan va titulni himoya qilgan UFC jangchilarini eslab o‘tadi.

    Brendon Moreno

    Mutlaq yengil vazn toifasi vakili yilning dastlabki raqamli musobaqasida Deyvison Figeyredoga qarshi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi. Jang uchinchi raunddan keyin to‘xtatildi, shifokorlar braziliyalikka jangni davom ettirishga ruxsat bermadi.

    Moreno va Figeyredo o‘rtasidagi dastlabki jangda durang qayd etilgan (titul Deyvisondan qolgan). Keyingi jangda Brendon ochkolar evaziga g‘alaba qozongan va chempionga aylangan. Trilogiyada Figeyredoning qo‘li baland kelgan. Moreno azaliy raqobatdagi to‘rtinchi jangda yutib chiqdi va titulni qaytarib oldi.

    Foto: Getty Images

    Jamal Hill

    Irji Proxazkaning jarohatidan keyin yarim og‘ir vazn toifasining kamari vakant qoldi. Avvaliga ushbu kamar uchun Magomed Ankalayev va Yan Blahovich dekabr oyida kurash olib bordi. Biroq ularning jangida g‘olib aniqlanmadi. Shu bois UFC navbatdagi da’vogarlar sifatida Jamal Hill va Glover Teysheyrani tanladi.

    Rioda o‘tgan MMA oqshomida Hill mezbon sportchiga imkon qoldirmadi va bir ovozdan g‘olib deb topildi. Teysheyra mazkur jangdan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

    Foto: Getty Images

    Islom Maxachev

    Yengil vazn toifasi chempioni Avstraliyada yarim yengil divizioni chempioni va o‘sha vaqtda P4P reytingi yetakchisi Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

    Besh raund davom etgan jangning uchta raundni Islom o‘z foydasiga hal qildi va kamarni muvaffaqiyatli himoya qildi.

    Foto: Getty Images

    Yair Rodriges

    Yarim yengil vazn toifasi chempioni boshqa divizionga “sayohat qilgani” ketgani bois ushbu divizion vaqtinchalik chempionligi uchun jang o‘tkazildi. Unda Yair Rodriges va Josh Emmett o‘zaro to‘qnash keldi.

    Avstraliyada o‘tgan jangning ikkinchi raundida Rodriges raqibini sabmishen evaziga taslim etdi.

    Foto: Getty Images

    Aleksa Grasso

    UFC 285 musobaqasida yil apseti kuzatildi. Promoushenning eng dominant chempioni Valentina Shevchenko oson o‘tishi kutilgan jangda meksikalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

    Jangni to‘liq o‘z nazoratida ushlab turgan qirg‘izistonlik sportchi to‘rtinchi raundda zarba berish chog‘ida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Aleksa Grasso esa bundan unumli foydalanib, sabmishen bilan mag‘lub etdi.

    Foto: Getty Images

    Jon Jons

    Uch yillik tanaffusdan keyin tirik afsona UFC’ga qaytdi va darhol yangi o‘zi uchun yangi hisoblangan divizionda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Og‘ir vazn toifasida Frensis Ngannudan keyin vakant qolgan kamar uchun Jons Siril Ganga qarshi jang qildi.

    Jons bellashuvni uzoq cho‘zib o‘tirmadi va birinchi raunddayoq raqibini sabmishen bilan taslim etdi. Shu tariqa yarim og‘ir divizionda uzoq vaqt gegemonlik qilgan Jon eng og‘ir vazn toifasida ham chempionga aylandi. UFC ushbu kambekdan keyin Jonsni P4P reytingida birinchi o‘ringa qaytardi.

    Foto: Getty Images

    Leon Edvards

    Yilning yana bir sensatsion natijalaridan biri Leon Edvards va Kamaru Usmon o‘rtasidagi trilogiyada qayd etildi. Garchi 2022-yildagi g‘alabaga qaramasdan Edvards ushbu jangda autsayder sifatida qaralayotgandi.

    Biroq Edvards bellashuvga Kamarudan ko‘ra yaxshiroq tayyorlangani ma’lum bo‘ldi. Yarim yil avvalgidan farqli o‘laroq Edvards UFC 286 oqshomidagi jangda ancha ishonchli harakat qildi va ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.

    Foto: Getty Images

    Israel Adesanya

    Kamarudan farqli ravishda Adesanya Aleks Pereyraga qarshi o‘tgan avvalgi jang tasodif ekanini isbotlay oldi. Noyabr oyidagi g‘alabadan keyin Pereyra darhol revanshni qabul qilgandi. Oradan besh oy vaqt o‘tib jangchilar yana oktagonga ko‘tarildi.

    Jangni braziliyalik yakkakurashchi yomon boshlamadi va tengma-teng kurash taklif qila olishini bildirib qo‘ydi. Biroq ikkinchi raundda Israel qarshi hujumda mohirona harakat qilib, raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi va kamarini qaytarib oldi.

    Foto: Getty Images

    Yaqin oradagi titul janglari haqida

    Keyingi uchta musobaqada MMA muxlislarini to‘rtta titul jangi kutib turibdi. May oyida o‘tadigan UFC 288 da o‘ta yengil divizion chempioni Aljameyn Sterling sobiq chempion Genri Sexudoga qarshi jang qiladi. Iyundagi UFC 289 turnirida Amanda Nunyes yana Juliana Penyaga qarshilik qiladi.

    Iyul oyidagi UFC 290 da ikkita vazn toifasida chempionlik jangi o‘tkaziladi. Yarim yengil toifaning chempioni Aleksandr Volkanovski vaqtinchalik chempion Yair Rodriges bilan, mutlaq yengil vazn divizioni chempioni Brendon Moreno esa Alexandre Pantoya bilan to‘qnash keladi.

    18.04.2023, 23:52   Izoh (0)   8747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliganing 7-tur boshlanish vaqti va ularda ishtirok etadigan hakamlar e’lon qilindi   

    18.04.2023, 16:36

    Messi, Holand va Mbappe top-3 likda, Benzema 8 pog‘ona yuqoriladi. “Oltin to‘p”ga ehtimoliy da’vogarlar reytingi yangilandi

    18.04.2023, 15:53

    “Munosabatlar barbod bo‘ldi”. Laporta “Real”ni siyosiy rejim klubi deb atadi, Madrid klubi esa video bilan javob qaytardi

    18.04.2023, 13:54

    “Bu sovrin yutish bilan bir xil”. 39 yoshli Aryen Robben 42 km masofadan iborat Rotterdam marafonini yugurib o‘tdi

    18.04.2023, 10:42

    APL. “Liverpul” 7 ta gol urilgan o‘yinda raqibini tor-mor etdi, Saloh va Jotada dubl (video)

    18.04.2023, 04:31

    Rasman: Indoneziyadan tortib olingan U-20 Jahon chempionati mezbonligi Argentinaga berildi

    18.04.2023, 00:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.