Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 17 yoshli bola qalbaki 100 ming so‘mlik tayyorlab, muomalaga chiqargani aniqlandi.
Xabarga ko‘ra, 17 yoshli bola 10 ta 100 ming so‘mlik yasama pullarni muomalaga kiritgan. U bir necha savdo do‘konlariga kirib, qalbaki pulga shirinlik va tetiklashtiruvchi ichimlik olib, qaytim uchun berilgan haqiqiy pullarga ega bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan bu qonunbuzarlik fosh etilgach, bola qo‘lga olindi. U o‘z aybiga iqrorligini bildirib, yana bir bor imkon berilishini so‘ragan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)