Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahardagi dehqon bozori oldida Nexia yo‘lovchisi A.S. jami 13 dona 100 ming so‘mlik qalbaki pulni o‘tkazish maqsadida olib kelgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)