Andijon viloyati hokimiga qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
![](/static/Risolat/yujh.jpg)
Xabarga ko‘ra, Avazbek Ergashev Yoqubjonovich Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar O‘zbekiston Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Avazbek Ergashev 1966-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Andijon paxtachilik instituti (hozirgi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti)ni tamomlagan. 2006-yil 18-yanvardan buyon Qo‘rg‘ontepa tumaniga rahbarlik qilib kelgan. 2015—2019-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)