• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toki ochiqlik taʼminlanmas ekan, korrupsion sxemalar avj olib ketishi ehtimoli ortadi” — Ochiqlik indeksida yuqori natija ko‘rsatgan matbuot xizmati rahbarlari

    O‘zbekistonda 2022-yilda vazirlik va davlat tashkilotlarning ochiqlik indeksi tizimi eʼlon qilingan edi. Mart oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2022-yil yakunlariga ko‘ra, davlat organ va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan yakuniy natijalarni eʼlon qildi. Unda 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida baholangan. Samaradorlik ko‘rsatkichlarida 71 balldan 100 ballgacha to‘plaganlar — “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha — “sariq” va 55 balldan past ko‘rsatkich qayd etganlar — “qizil” toifalarga kiritilgan.

    “Daryo” muxbiri Ochiqlik indeksida yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etgan bir nechta tashkilot va idoralar bilan bog‘landi. Va ularning ochiqligi mamlakat taraqqiyoti uchun qanchalik muhimligi haqidagi shaxsiy fikrlarini oldi.

    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
    Bekzod Qobulov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Bekzod Qobulov, Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari:

    — Qisqa qilib aytganda, ochiqlik ta’minlanishi jamiyatdagi ko‘plab korrupsiyaga oid omillar, qonun buzilish  holatlarining ildizini qirqadi. Bu 8 yo‘nalishda juda yaxshi o‘ylangan 84 ta indikatordir.

    Bu yil birinchi marta davlat organ va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini aniqlash maqsadida milliy reyting eʼlon qilindi. Bunda Toshkent viloyatining yaxshi natijalarni qayd etganligi bizga g‘urur bag‘ishlaydi.

    Shu sohadagi faoliyatimni oktabrda boshlagan bo‘lsam, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qaror avgustda eʼlon qilingan edi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu qarorni stolim ustiga qo‘yib, tezkorlik bilan barcha tegishli maʼsullardan vakil jalb qildim, tashkil etilgan shtabning tepasida bosh-qosh bo‘ldim. Chorak yakuni bo‘yicha tahlil qilinadigan maʼlumotlarimiz bor. Noyabr, dekabr oylarida yil davomidagi barcha maʼlumotlarimizni ko‘rib chiqdik.

    Saytimizdagi maʼlumotlarda mana shu faoliyatlarga oid ko‘rsatgichlar, eng asosiy jarayonlarning jurnalistlar va xalq muhokamasi uchun doimo ochiq turishi soha maʼsullarini ham hushyor torttiradi. Mamlakatda islohotlarning borish mexanizmi yana ham tezlashadi. Prezidentimiz aytgan “halollik vaksinasi” mana shu indikatorlarda o‘z aksini topgan. Yaʼni reytingda biz qanchalik yuqorilab borsak, samarali ishlashimiz uchun shunchalik rag‘batga ega bo‘lamiz. Toki xalq manfatlari yo‘lida xizmat qilayotgan har bir korxona ochiq va shaffof ish olib borar ekan, odamlar orasida “Davlat rahbarlari nima ish qilyapti? Aholi tomonidan to‘lanayotgan soliq va boshqa mablag‘lar qayerga sarflanyapti?” degan savollarga o‘rin qolmaydi.

    Husan Tangriyev
    Foto: “Daryo”

    Husan Tangriyev, Davlat bojxona qo‘mitasi bosh inspektori:

    — Jamiyat manfaatlari, unda yashayotgan insonlarning haq-huquqlarini qaror toptirishda ochiqlik muhim rol o‘ynaydi. Bilasiz, bugungi kunda kim ko‘p axborotga ega bo‘lsa, o‘sha jamiyatni boshqaradi, degan tushuncha bor. Yaʼni, jamoatchilik nazoratini taʼminlashda eng asosiy axborot manbasi bu – ochiqlik hisoblanadi. Inson ijtimoiy muhitda qanchalik ko‘p ochiq maʼlumotlarga ega bo‘lsa, uning jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni ham shunchalik ortadi. Toki ochiqlik taʼminlanmas ekan, dastlabki korrupsiyaviy xavf-xatar yuzaga keladi, korrupsion sxemalar avj olib ketishi ehtimoli ortadi.

    Sarvar Ochilov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Sarvar Ochilov, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Axborot xizmati rahbari:

    — Ochiqlik – demokratik jamiyat barpo qilishning eng asosiy omili. Rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda bunga istalgancha misollar topiladi. Yurtimizda bo‘lgani kabi, keyingi yillarda bizning bankimizda ham maʼlumotlar shaffofligini taʼminlash borasida tizimli harakatlar olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad: xalq manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarga davlat idoralari faoliyatiga oid maʼlumotlarni ochiq taqdim etish va so‘z erkinligiga daxl qilmaslikdir. Bugun xalqimiz ochiqlikka, erkin fikr bildirishga, bir so‘z bilan aytganda “savol berishga” o‘rgandi. Ularning murojaatlariga javob berish, avvalo, savolga o‘rin qoldirmaslik uchun esa tashkilotimiz ochiq siyosat olib borishi kerak.

    Bankimiz miqyosida fikr bildiradigan bo‘lsam, hali bu borada kamchiliklarimiz ko‘p, ularni bartaraf etish borasidagi ishlarimizni davom ettiramiz.

    Usmon Abdurasulov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Usmon Abdurasulov, Statistika agentligi matbuot xizmati rahbari:

    — Hamma narsani bilish, hamma narsadan xabardor bo‘lish – demokratik jamiyatning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Agar ochiqlik taʼminlanmasa jamiyat uchun, jamoatchilik uchun mavhumlik, yaʼni maʼlumotlarni bilmaslik, birinchi navbatda, korrupsiya omillarining kuchayib ketishiga olib keladi.

    Statistik maʼlumotlarga keladigan bo‘lsak, avvalo ularning tastiqlangan va belgilangan muddatlari bo‘ladi. O‘sha muddatlarda statistik maʼlumotlar berib boriladi. Agar statistik maʼlumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmasa, jamiyat uchun balki xalqaro jamiyat uchun ham bu davrlarning o‘zaro iqtisodiyoti, ijtimoiy kelib chiqish holatlari va fuqarolarning yashash tarzi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni solishtirishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Demak bu nafaqat davlat uchun, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham maʼlumotlarni o‘z vaqtida doimiy tarzda eʼlon qilish muhim hisoblanadi.

    Qahramon Niyozxo‘jayev
    Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Qahramon Niyozxo‘jayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼsul xodimi:

    — Xalqaro tajribani oladigan bo‘lsak, Yevropa hamda Lotin Amerikasi mamlakatlarida ochiqlikni taʼminlashda turli yondashuvlar mavjud. Oddiy misol: Braziliyada bu iqtisodiyotni rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi hisoblanadi. Buyuk Britaniyada esa xalq oldida ochiqlikni taminlashda hukumat va ijro hokimiyat hisobdorligi taʼminlangan.

    Amaldagi qonunchiligimizda ham eng avvalo, bevosita xalqimiz hayotini yengillashtirish muhim ekanligini taʼkidlagan bo‘lardim. Oddiy bir misol: agar siz bundan o‘n yil muqaddam muayyan bir davlat organi yoki tashkilotiga ariza bilan murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha davlat idorasiga borishingiz kerak bo‘lardi. Yoki bo‘lmasa, siz viloyatda yashasangiz va markaziy mahkamaga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, 400-500 kilometr masofani bosib o‘tib, zarur hujjat yoki murojaatlarni topshirishingiz kerak edi. Lekin raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi va bu bevosita ochiqlik siyosati bilan hamohang olib borilayotganligi tufayli endilikda fuqarolar har bir tashkilot veb-sahifalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri, masofadan turib murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ochiqlikni taʼminlash davlat organlari va tashkilotlarini xalq oldida hisobdorlik madaniyatini ortishiga xizmat qiluvchi mexanizm hamda korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi hisoblanadi.

    Ochiqlik siyosatini buzgan mansabdorlar uchun javobgarlikka tortiladi

    Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

    Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

    17.04.2023, 14:25   Izoh (0)   4586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan sovuq ob-havo chekina boshlaydi

    17.04.2023, 13:45

    Andijonda obodonlashtirishda ishlaydigan ayol tadbirkor tomonidan kaltaklandi

    17.04.2023, 13:15

    O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga uchtagacha akademik litseyni tanlash imkoniyati beriladi

    17.04.2023, 12:52

    Qashqadaryoda buyum bozoridagi do‘konlarda yong‘in chiqdi (video)

    17.04.2023, 12:41

    O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olishi mumkin

    17.04.2023, 12:02

    Toshkentda harbiy guvohnoma uchun 600 dollar olgan mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ushlandi

    17.04.2023, 11:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.