Toshkent viloyatidagi uylarning birida itlar shafqatsizlarcha so‘yilib, terisi shilib olingani aniqlangan edi. Viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan aniqlanib, hozirda voqea yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, tumanning “A.Yassaviy” mahallasida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro, V.X. o‘zining yashash xonadonida 25 dona, itlarni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlaganligi va ularni so‘yib kelayotgani aniqlangan.
Hozirda tuman IIB va Veterinariya bo‘limi hamkorligida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, so‘yilgan itlarning soni va ushbu fuqaroning itlarni so‘yishdan ko‘zlagan maqsadlariga oydinlik kiritish jarayoni ketmoqda.
Qayd etilishicha, surishtiruvlar davomida aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi taʼminlanadi.
Izoh (0)