O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 5 yilda — 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 30 mingga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 45 927 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar sonini 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga ko‘paygan.
Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:
- 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar;
- 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar;
- 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar;
- 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar;
- 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar.
Avvalroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Vazirga murojaat” portali ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)