O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanib, 26-martgacha davom etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 20-mart kuni — qo‘shimcha dam olish kun sifatida belgilangani munosabati bilan maktablarda bahorgi ta’til 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
“Shularni inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabarida.
Izoh (0)