Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Vazirga murojaat” portali ishga tushirildi.
Vazir Hilola Umarovaning maʼlum qilishicha, portalga yuboriladigan barcha murojaatlar uning shaxsiy nazoratida bo‘ladi.
Jumladan, o‘qituvchi, tarbiyachi va ota-onalar endilikda:
- taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;
- korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar;
- tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalarini vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashi mumkin.
“Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)