• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Jahon banki qo‘shma loyihalari portfeli 10 mlrd dollardan oshdi

    Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati 

    Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni, shuningdek, ushbu yetakchi xalqaro institutning mamlakatimizdagi islohotlar dasturini ilgari surishdagi faol ishtirokini kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida davlat rahbari Anna Berdeni yaqinda yangi lavozimga tayinlangani bilan qutladi va masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

    Amaliy hamkorlikning yuqori surʼati va natijadorligi katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda qo‘shma loyihalar portfeli sezilarli darajada kengayib, 10 milliard dollardan oshdi. Bunda, 2017-yildan keyingi davrdagi moliyalashtirish hajmining yarmi oxirgi bir necha yilda ajratilgan. O‘zbekiston Bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylandi.

    Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlariga asoslangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan sheriklik dasturi qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. Kambag‘allikka qarshi kurashish, energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, xususiylashtirishni boshlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati 

    Qayd etilishicha, vitse-prezident Jahon bankining mamlakatdagi ortga qaytmas islohotlar strategiyasini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga intilishi qatʼiy ekanini taʼkidladi. Bank kambag‘allikka qarshi kurashish, tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish va moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish, qishloq infratuzilmasi va o‘rta shaharlarni modernizatsiya qilish, xotin-qizlar bandligi va yoshlarning kasbiy taʼlimi, 2030-yilga qadar sog‘liqni saqlash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga faol ko‘maklashish niyatida ekani aytildi.

    Iqtisodiyotni karbonsizlashtirish va muqobil energetikani rivojlantirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish sohasida master-rejalar, energetik samaradorlikni oshirish dasturi va favqulodda vaziyatlarda energotizimning barqaror ishlash rejimini ishlab chiqish, gidroenergetika loyihalariga ekspertlar ko‘magini va moliyalashtirishni jalb qilish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    Shuningdek, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishlari va taraqqiyoti bo‘yicha mamlakat hisobotini muhokama qilishga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirning yakunlari yuksak baholandi. Budjetni qo‘llab-quvvatlash, yer islohoti, qishloq va suv xo‘jaligini moliyalashtirish samaradorligini oshirish hamda davlat banklari va korxonalarini xususiylashtirish dasturini jadallashtirish borasidagi amaliy ishlarni davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Bundan tashqari, islohotlar va ustuvor loyihalarni ilgari surish uchun Jahon bankining “Mamlakat platformasi” imkoniyatlaridan keng foydalanilishi taʼkidlandi.

    Bank Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan strategik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi. Ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati 

    Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

    09.03.2023, 18:10   Izoh (0)   2112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

    09.03.2023, 18:01

    Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda

    09.03.2023, 17:22

    Konstitutsiyaviy qonun loyihasi turli ekspertizalardan o‘tkazildi

    09.03.2023, 16:58

    Jurnalist Akmal Toshevning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

    09.03.2023, 16:47

    O‘zbekistonda hokimlar ikki muddatdan ortiq lavozimga tayinlanishi taqiqlanmoqda

    09.03.2023, 16:29

    O‘zbekistonda dollar kursi 11 400 so‘mdan oshdi

    09.03.2023, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.