Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov ikki o‘rinbosari va ikki tuman hokimini jazoladi.
Hokim tomonidan imzolangan qarorda qayd etilishicha, mutasaddilar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun jazolangan.
Hujjatga ko‘ra:
- Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Hotam Shokirov;
- Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Shohruh Rahimjonov;
- Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev;
- Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev
- “Munisipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK bosh direktori Ahad Razzoqovga o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov uchta tuman hokimiga hayfsan bergandi. Hokim farmoyishiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyevga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Izoh (0)