Shavkat Mirziyoyev “2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga bilan umumxalq bayramini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita ayyomning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishini ta’minlaydi.
Qaror bilan belgilanishicha, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar:
- Toshkent shahrida — respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, O‘zA, “Dunyo” axborot agentliklari hamda Milliy teleradiokompaniyaga bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilgan. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov va prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov zimmasiga yuklangan.
Izoh (0)