Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov uchta tuman hokimiga hayfsan berdi.
16-fevral kuni imzolangan farmoyishga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyevga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.
Bunga hududda qishga tayyorgarlik hamda uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirilmagani, mahallalarga chiqib, aholi bilan muloqotlar va tushuntirish ishlari olib borilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
2023-yilning yanvarida prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ushbu tuman hokimlariga hayfsan berilgandi. Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun lavozimidan olingandi.
Izoh (0)