Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 50 yoshli o‘zbekistonlik erkak OMON xodimiga ikki marta o‘q uzdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 24-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida Sankt-Peterburg markazidagi metro bekatida sodir bo‘lgan. Gvardiya xodimlari shubhali ko‘ringan o‘zbekistonlik erkakni to‘xtatgan. U miltiqni olib, 43 yoshli OMON xodimiga ikki marta o‘q uzgan, o‘q jabrlanuvchining oshqozoniga tekkan.
Yaradorning hamkasblari o‘q uzgan erkakni o‘rab olgan. Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 317-moddasi (huquqni muhofaza qilish organi xodimining hayotiga tajovuz qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston fuqarosi 20 yilga qamalishi mumkin. Jarohat olgan xodim shahardagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
20-fevral kuni Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak qurol do‘koniga hujum qilib, otishma sodir etgandi. Otishmada qo‘riqchi yaralangan, u barmog‘idan ayrilgan. O‘zbekistonlik erkakni tutish uchun politsiya xodimi uning oyog‘iga bir necha marta o‘q uzgan.
Izoh (0)