• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “O‘ligimiz kimgadir kerak bo‘lgan”. Pichoq, to‘pponcha tiralgan, kislota sepilgan va boshqa suiqasdlarga duch kelgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    Xorijlik mashhur kishilarga uyushtirilgan suiqasdlar haqida ko‘p eshitamiz. Afsuski, ayrim o‘zbek sanʼatkorlari ham bunday ko‘ngilsiz vaziyatga tushishgan. Yaxshi hamki, g‘araz niyatdagi insonlar maqsadida yetolmagan va qonun oldida javob berishgan.

    Yulduz Usmonova: “Pistolet tirab, ulush so‘rashardi”

    Foto: “Daryo”

     — To‘ylarda pichoq tiragan, pistolet o‘qtalgan paytlari juda ko‘p. Hatto, “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida konsert beradigan kunim kelib, “Ulush berasan, bo‘lmasa otaman”, deb ham qo‘rqitishgan. Ularga “Yo‘q bermayman”, deb bo‘lmasdi. “Ho‘p boshlig‘ing kim, uchrashtir”, derdim. Osonlikcha taslim bo‘lmasdim. U paytda mushtumzo‘rlar juda ko‘p edi. Seni kislotaga tashlaymiz, deb qo‘rqitishlar ham bo‘lgan. Juda qoidasiz, qiyin vaqtlar edi, — deydi xonanda Yulduz Usmonova.

    Osman Navro‘zov: “To‘yxonada belimga pichoq tirab turdi”

    Foto: “Daryo”

    — Hali qo‘shiqlarim ommalashmagan paytlar edi. To‘yimga ikki oy qolganida bir to‘yga borganman va tanishimning uyida tushlik qilganman. U biroz sarxush edi, telefonda xuddi videoga olgandek hazil qildim. Kechga yaqin to‘y boshlanganida uni nima jin urdi bilmadim, yonimga pichoq ko‘tarib keldi. Pichoqni belimga tirab turib oldi. Sarxusht deb tinchlantirishga harakat qildim, odamlar uni davradan olib chiqib ketishdi. Oradan ikki oyga yaqin vaqt o‘tib, uning mahallasidagi to‘yda bordik. U davraga kelib, yana qiliq ko‘rsata boshladi. Keyin menga yaqinlashib, yuzimga musht tushirdi. Qo‘lida katta yuziga bo‘lgani uchunyuzim shilinib, burnimdan tirqirab qon oqdi. Og‘riqning zo‘ridan bir ko‘zimni yuvib, to‘yxonadan chiqib ketdim. Odamlar oldida shunday qilgani uchun to‘g‘ri ichki ishlar bo‘limiga borib, ariza yozib berdim. Ish sudga oshdi, aynan to‘yim arafasida sudga qatnab yurdim. Ammo ota-onam unga jazo berilishini istashmadi. “Alloh jazosini bersin, qamatib nima qilasan?” deyishdi. Uning yosh bolalari borligini bilardim. Otasining axmoqligi uchun bir umr qaddi bukilib yashashlarini istamadim, — deydi Osman Navro‘zov.

    Mirzabek Holmedov: “To‘pponcha tirab, to‘yiga olib bormoqchi bo‘lgan”

    Foto: Instagram

    — To‘ylar bilan bog‘liq ko‘plab qiziqarli voqealar bo‘lgan. Hozir-ku san’atkorlar to‘yga emin-erkin borib kelishadi. Avvallari esa to‘yda xonanda yoki qiziqchiga qitmirlik qilish odatga aylangandi. Mushtumzo‘rlar to‘y yakunida istagan xurmacha qilig‘ini qilardi. Mast-alastga aka, sizniki to‘g‘ri, deb turishdan boshqa iloj yo‘q edi. Eng yomoni, 1988—1989-yili to‘pponcha bilan qo‘rqitish urf bo‘lgan. Bir kuni to‘yda xizmat qilayotgan ikki erkak kelib, chetroqqa o‘ting, gap bor, degan. Ular meni o‘zlari bilan boshqa to‘y xizmatiga olib borishni istashgan ekan. Yo‘q, xizmatdaman, deyishim bilan kostyumining ichki cho‘ntagidan to‘pponcha ko‘rsatgan. Xullas, shunday to‘ylarda pishib, Mirzabek Xolmedov bo‘lganman, — deydi qiziqchi.

    Ozoda Nursaidova: “Sahnaga yog‘ surtib ketishdi”

    Foto: Instagram / @ozodaofficial

    — Hayotimda kutilmagan sarguzashtlar hamisha bo‘ladi. Bunga o‘rganib ham qolganman. O‘tgan yilgi yakkaxon konsert dasturimning to‘rtinchi kuni g‘aroyib voqea sodir bo‘ldi. Sahnada aynan men harakatlanadigan joyga yog‘ surtib qo‘yilgan ekan. Yaxshiki, biror ko‘ngilsizlik sodir bo‘lmasin avval buning oldi olindi. Bu kasallik, hechqisi yo‘q. Eng muhimi muxlislarimning mehri. Ular qo‘llari bunday “sarguzashtlar” taʼsir qilmaydi, — deydi xonanda Ozoda Nursaidova.

    Janob Rasul: “O‘ligimiz kimgadir kerak bo‘lgan”

    Foto: “Daryo”

    — 2019-yili to‘ydan qaytayotganimizda juda g‘alati voqea sodir bo‘lgan. O‘shanda Alloh bizni bir o‘limdan saqlagan. Xullas, to‘ydan yaxshi kayfiyatda chiqib, Buxoroning “betonka” yo‘lida ketayotgandik. Bu yo‘l tekis bo‘lgani uchun mashinamiz 150-170 km tezlikda harakatlanardi. Birdan mashinamiz qattiq silkindi. Qo‘rqib, mashinani to‘xtatganmiz. Qarasak, orqa ballon qiyshayib qolgan va ballonni mustahkamlovchi 5 ta boltdan 3 tasi chiqib ketgan bo‘lgan. Aslida u mashinaning ballonini bo‘shatish oson emasdi. Uni biladigan odam xizmatda ekanimizdan foydalanib shunday qilgan, deb gumon qilgandik. “Agar o‘sha ikkita bolt ham chiqib ketganida, mashina ag‘darilardi. Xudo sizlarni asrabdi”, deyishgan mashina ustalari. O‘ligimiz kimgadir kerak bo‘lgan, — deydi xonanda Janob Rasul.

    Munisa Rizayeva: “Pichoqni ko‘rib, qo‘rqib ketdim…”

    Foto: Instagram / @munisarizaeva

    — To‘yda qiziqarli voqealar bilan birga xavfli vaziyatlar ham bo‘ladi. Chunki kimning nima maqsadda ekanligini bilmaysiz. Keyingi paytlarda yoshlar orasida pichoqbozlik holatlari ko‘payib ketgan. Ilgari yigitlar urishish paytda pichoq chiqarishsa, “O‘zing urisholmaysanmi?” deb mazax qilishardi. Hozir aksincha, oldida pichoq olib borish obro‘dek bo‘lib qolgan. Yaxshi hamki, bunday vaziyatlarning oldini oladigan, ularga qarshi chora ko‘radigan ichki ishlar xodimlari bor. Ikki marta qo‘riqchimni pichoqlashgan. Bittasining oyoqlariga tiqilgan pichoqni ko‘rib, qo‘rqib ketganman. Yaxshiyamki, ularni tezda kasalxonaga olib borganmiz. Bu ishni qilganlar esa tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan. Bunday vaziyatlarga ko‘p uchraganim uchun ko‘nglim bo‘lmagan to‘yxonada qo‘shiq kuylamayman. Chunki ko‘nglim bo‘lmay kirgan to‘yxonada mushtlashuv yoki hech bo‘lmaganda chiroq o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘ladi, — deydi xonanda Munisa Rizayeva.

     

    Ozod Hurramovga kim kislota sepmoqchi bo‘lgan?

    Foto: Instagram / @ liil.khuramov

    — Bir kuni reklama bo‘yicha uchrashish kerakligini aytishdi. Kelishilgan joyga yaqin do‘stlarim bilan bordim. Keyin bilsam ular bir o‘zim kelishimni reja qilishgan va mashinaga “bosib” qayergadir olib ketishmoqchi bo‘lgan ekan. Keyin qizlar men bilan rasmga tushishayotganda bir yigit chekkada turganini ko‘rib qoldim. Unga eʼtibor bersam sumkasidan “baklajka”da nimadir oldi. “O‘tiringlar” deb o‘zim cho‘kkalab oldim. U yigit qo‘lidagini otib qochib qoldi. Keyin “baklajka”ni borib hidlasak, kislata. Keyin ularning maqsadini angladim. Alloh asradi, — deydi bloger Ozod Hurramov.

    24.02.2023, 12:25   Izoh (0)   15693
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Peshonamga to‘pponcha tirashgan”. O‘zbek xonandalari to‘ydagi mushtumzo‘rlar haqida so‘zlab berdi (video)

    03.05.2021, 19:59

    Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Shohjahon Jo‘rayevdan ranjigan Dilfuza Ismoilova, Halima Ibragimovani “tepgan” Ahad Qayum. 2021-yilda internetda “shov...

    02.01.2022, 13:10

    Instagram: Maryam Tillayeva Liil Xurramovga turmushga chiqyaptimi? Farrux Raimovning insofsiz amaldorlarga murojaati, Zohid Risqiyevga qo‘shiq aytish taqiqlandi

    23.02.2023, 22:32

    “Qo‘lyozmani yashirib, meni qo‘rqitardi”. Joan Rouling “Garri Potter”ning nashr etilmagan qo‘lyozmasini sobiq turmush o‘rtog‘idan saqlab qolishga uringani haqida

    23.02.2023, 17:55

    “O‘ynab maza qilaman, odamlarning gapiga e’tibor bermayman”. Nargiza Azimova internetda tarqalayotgan raqslari hamda doim qizil kiyimda yurishining sababi haqida g...

    23.02.2023, 14:55

     “Futbol assotsiatsiyasida Ruslan Chagayevga joy topilmaydimi, mobodo?” Davron Kabulov Azim Mullaxonovning Muqimiy teatriga direktor etib tayinlanishiga munosabat

    23.02.2023, 10:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.