• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Shohjahon Jo‘rayevdan ranjigan Dilfuza Ismoilova, Halima Ibragimovani “tepgan” Ahad Qayum. 2021-yilda internetda “shovqin ko‘targan” shou-biznes vakillari

    Shou-biznes vakillari uchun muxlislar va OAV e’tiborini tortish suv va havodek zarur, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayrim xonandalar yoki aktyorlar o‘zlari haqida gapirishlari uchun hamma narsaga tayyor. Hattoki, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelishilgan janjallar tashkillashtirish ham keyingi paytda urfga kirgan. Quyida 2021-yilda muxlislari o‘rtasida eng ko‘p muhokama qilingan shou-biznes vakillari sanab o‘tiladi.

    Ahad Qayum va Aziz Rametovning janjali IIVda yakun topdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ahad Qayum va Aziz Rametov o‘rtasidagi mojorolar Amirxon Umarovning “Ochiqchasiga gaplashamiz” tok-shousidan keyin avj oldi. O‘sha ko‘rsatuvda san’atdagi nizolar va saviyasiz filmlar haqida bahs yuritilgandi. Shundan so‘ng ikki ijodkor Instagram orqali bir-biriga videomurojaat yo‘llashni boshladi. Albatta, murojaatlar shirin so‘zlar va e’tiroflardan iborat emasdi. Haqoratli murojaatlarning keti uzilmagach, 2021-yilning fevral oyida ikki ijodkor IIV chaqirilib, profilaktiv suhbat o‘tkazildi.

    Unda shou-biznesning ikki vakili bir-birini qandaydir sabablar bilan haqorat, shuningdek, bir-birining “oyoq-qo‘lini sindirib, nogironlik aravachasiga mixlab qo‘yish” bilan tahdid qilganini ko‘rish mumkin.“Meni ismimni olib, bir joyda gapirgani uchun men ham ularga nisbatan ehtirosga berilib, gapirgan gaplarimdan juda ham qattiq afsusdaman. Aziz Rametovga qilgan murojaatim yoki ba’zi bir noto‘g‘ri xatti-harakatarimiz uchun ming bor uzr so‘rayman”, — deydi Ahad Qayum.

    O‘z navbatida, Aziz Rametov ham o‘zining bu kabi xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan. “Qizishib, gapirgan gaplarim uchun uzr so‘rayman. Kuzatuvchi sifatida dili ranjigan yurtdoshlarimiz, vatandoshlarimizdan uzr so‘rayman”, — deydi aktyor.Profilaktik suhbat jarayonida ushbu shaxslar kelgusida yana fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan kamsitish, OAV va internet tarmoqlari orqali tahqirlash, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish kabi harakatlarni sodir etsa, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

    Janjallashib charchamaydigan Kaniza

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Foto: Instagram / @kaniza_shahrizoda

    Kaniza 2021-yilda ijodi bilan emas, ko‘proq ijtimoiy tarmoqdagi janjallari bilan e’tiborni tortdi. Uning turli-tuman mojarolari hamisha internet foydalanuvchilarining muhokama markazida bo‘ldi.

    Misol uchun, Kaniza o‘tgan yili yo‘l patrul xizmati xodimi bilan bo‘lgan tortishuvi messenjerlarda rosa “aylandi”.

    2021-yilda esa xonanda Luiza Rasulova va bloger Laziza bilan janjallashishga, sport zalida to‘polon ko‘tarishga ulgurdi.

    Luiza Rasulova intervyularidan birida Kanizaga “keraksiz joyga burnini tiqadigan” deya ta’rif berdi.

    Tabiiyki, ushbu so‘zlar Kanizani darg‘azab qildi hamda u Luiza haqida “juda ko‘p sirlarni” bilishini aytib, undan tilini tiyib yurishni so‘radi.

    Fitnes zalidagi mojaroga esa u yerga qatnaydigan ayollardan biri Kanizani videoga olgani sabab bo‘lgan.

    “Dizayn” kulgi jamoasi vakillarining do‘kondagi janjali

    Foto: Instagram / @dizayn_shou

    Foto: Instagram / @dizayn_shou

    “Dizayn” kulgi jamoasi vakillari Abdurahmon Mavlonov va Sa’dulla Fathullayevning do‘konda sotuvchi bilan janjallashgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda qiziqchilarning do‘kon xodimi bilan avval og‘zaki, keyin esa qo‘l ko‘tarib janjallashganini ko‘rish mumkin.

    Abdurahmon Mavlonov keyinroq ushbu holatga izoh berib, sotuvchining qo‘pol muomalasiga chidab tura olmagani, uning o‘rnida boshqa kishi ham xuddi shunday yo‘l tutishini aytib o‘tdi.

    Dilfuza Ismoilova nega Shohjahon Jo‘rayevdan ranjidi?

    Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova

    Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova

    2021- yilning iyun oyida Dilfuza Ismoilova YouTube tarmog‘idagi “Shox Lomak” kanaliga intervyu berdi. U suhbat davomida san’at boshqa kasblarga nisbatan osonligi va san’atkorlar o‘ynab-kulib pul topishi haqida gapirdi.

    “Haqiqatan ham san’atkor dehqondek ter to‘kib ishlamaydi. San’atkor bo‘lish uchun temirdan tish kerak, deb gaplar yolg‘on”, — degan edi Dilfuza Ismoilova.Bu fikr Shohjahon Jo‘rayevning g‘azablantirdi va u Instagram orqali quyidagicha post qoldirdi.

    Foto: Instagram / @shohjahon_djurayev

    Foto: Instagram / @shohjahon_djurayev

    Shundan so‘ng Dilfuza Ismoilova Shohjahon Jo‘rayevga qarata “urush” ochdi.

    Oradan bir necha kun o‘tib, Shohjahon Jo‘rayev “Toshkentning sho‘x qizi”ning uyiga kelib, undan uzr so‘ragan. Hayriyatki, ikki ijodkor o‘rtasidagi ko‘ngilsizlik imi-jimida hal etildi.

    Halima Ibragimova Ahad Qayumning janjali

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Tinib-tinchimas Ahad Qayum qiziqchi Halima Ibragimova bilan janjallashgani haqidagi video 2021-yilning fevral oyida tarqalgandi. Haqoratli so‘zlarga boy bo‘lgan janjal potyaxtdagi restoranlarning birida sodir bo‘lgan.

    “Mushtdek bola Hali deb chaqirgani asabimni buzdi. Undan keyin menga oyog‘ini ko‘tardi. Agar yigitlar yo‘limni to‘sishmaganda uni aniq dabdalasini chiqarardim. Bu video tarqalishini istamagandim. Kimdir videoni tarqatib yubordi. Ahad restorandan chiqib, mashinasiga o‘tirib qochdi. Men ayol kishi bo‘lib uning ortidan quvganim yo‘q, ammo orani ochiq qilaman. Ahad oyog‘ingni sindiraman”, — degandi Halima Ibragimova Instagram’dagi jonli efirida.

    Janjalning asosiy sababi Ahad Qayum “Men endi 1 milliard so‘mga reklamaga tushaman, arzoniga ana Davron Kabulov, Munisa Rizayeva yoki Halimaxon tushsin”, degan gapi Halima Ibragimovani g‘azablantirgan.

    Yil so‘ngida esa ikki ijodkor munosabatlari ancha iliqlashdi. Ular bir necha tadbirlarda birga ko‘rinish berdi.

    Durdona avval Malibu old oynasini sindirdi, keyin Imrondan xafa bo‘ldi.

    Foto: Instagram / @durdona_kurbonova

    Foto: Instagram / @durdona_kurbonova

    Aktrisa Durdona Qurbonova 2021-yilning mart oyida aktyor Sardor Ahrorovga tegishli Malibu avtomobilining old oynasini urib sindirdi hamda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Durdona bu ishni nima uchun qilgani haqida hech qayerda gapirmadi.

    Keyinroq esa Durdona ijodiy hamkori xonanda Imrondan to‘yiga aytmagani uchun xafa bo‘ldi. Shuningdek, Durdona xonanda “ehtimol ayoli ruxsat bermagani uchun uni yangi klipiga chaqirmayotganini” aytib o‘tdi.

    Ushbu murojaat Imronning e’tiboridan chetda qolmadi. Oradan bir necha kun o‘tgach, Imron maxsus video suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Unda nega Durdonani to‘yga taklif etmagani, qaysi gapidan ranjigani va qo‘ng‘iroqlariga javob bermayotgani haqida aytdi.

    Kamila Gimandinova va Said Muxtorovning bir-biriga deganlari

    “Qadam” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Kamila Gimandinova YouTube’dagi “Donik shou” kanaliga intervyu berib, 14 yoshligida uni Said Muxtorov zo‘rlamoqchi bo‘lganini va u qo‘rqib ketib sumkasi bilan uni urib “O‘zbekkino”dagi ofisidan qochib ketgani haqida aytgandi.

    — “U kunni eslashim qiyin. Chunki o‘sha rejissor buvimni yaxshi tanirdi, yaqinlarim unga ishonishgani uchun meni yolg‘iz jo‘natishgandi. Men o‘shanda 14 yoshda, u esa 50 yoshdan oshgandi” — degan edi Kamila Gimandinova.

    Rejissor va aktyor Said Muxtorov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida Kamilaning ushbu aybloviga munosabat bildirdi.

    “Musulmonlarning ichida kofirona fikrlaydiganlar bor haligacha. Haligacha Amir Temurga qarshi odamlar bor. Uni bosqinchi, kallakesar deydiganlar bor. Shulardan kelib chiqib, mening u qizga aytadigan gapim: ‘Ko‘chadan tug‘gan farzandingga kelib domla azon aytgan bo‘lsa, shu bolang kun kelib senga jazongni beradi’. Bu qizga shu gapi uchun javob ham berganim yo‘q. Men uni Allohimga topshiraman. Unda na fikr bor, na isbot bor va na aql. Kim buni pesh-peshlagan? Buni ham aniqlab, joyiga qo‘yadigan Alloh. Xalqning oldida yuzim yorug‘ bo‘lib gapiraman”, — deydi Said Muxtorov.

    Aziza Yoqubova erinining xiyonatini fosh qildi.

    Foto: Instagram / @aziza_yoqubova

    Foto: Instagram / @aziza_yoqubova

    Uzoq yillar turmushga chiqqani va bir qizli bo‘lgach ajrashgani haqida ma’lumotlarni sir tutgan aktrisa Aziza Yoqubova 2020-yilning 30-sentabr kuni ikkinchi marta turmushga chiqdi. Ularning nikoh to‘yi katta shodiyonalarga boy bo‘lib, unda ko‘plab shou-biznes vakillari ishtirok etgandi. Afsuski, oradan ko‘p o‘tmay er-xotin munosabatlariga darz ketdi va mart oyida Aziza Yoqubova Instagram sahifasiga erining xiyonati haqida video joyladi.

    — Balki barcha gap-so‘z. Savollarga nuqta qo‘yish vaqti kelgandir. Xulosa sizdan! To‘g‘ri, erkak kishi “yurishi”. Ikkinchi oila qurishi mumkin. Ammo oilasini eplab qo‘yishi, unga bildirmasligi kerak. Homilador ayoli bolasining hayotidan qayg‘urib, kasalxonada yotganida hech bo‘lmasa suyanchiq bo‘lishi kerak. Bir xil niqobostidagi qizlarga farqi yo‘q ekan, oilalimi ayoli homiladormi?! Hayosiz videolarni oxirigacha qo‘ymadim. Sababi navbatdagi “malika”miz vujudimdagi farzandimni o‘ylamasa ham, men uning sha’ni uchun shunday yo‘l tutdim, — degan edi aktrisa Aziza Yoqubova.

    Oradan bir oy vaqt o‘tib, aktrisaning ikkinchi farzandi muddatidan avval dunyoga keldi. Aktrisa o‘g‘li Muhammadamirni tug‘ruqxonadan turmush o‘rtog‘i bilan birga olib chiqdi.

    Aziza Yoqubova eri bilan yarashib olganini ma’lum qilgach, folloverlari uni ajrim bilan piar qilganlikda va g‘urursizlikda aybladi. Aktrisa ularga javoban qilgan ishidan afsuslanmasligini ma’lum qildi.

    Luiza Rasulova Rixsitilla Abdullayevdan xafa bo‘ldi.

    Foto: Instagram / @luizarasulova

    Foto: Instagram / @luizarasulova

    Luiza Rasulova “Aldama meni” ko‘rsatuvida bir vaqtlar taniqli aktyor Rixsitilla Abdullayev bilan o‘rtalarida yuz bergan tushunmovchilik haqida so‘zlab berdi.

    “Rixsitilla akaning Instagram profilidan kelgan xabar meni shokka tushirgandi. O‘shanda yig‘lab yuborganman. Rixsitilla aka meni aktrisalar nomiga dog‘ tushirayotganlikda ayblagan”, — degan edi Luiza.

    Ushbu qisqa video Telegram’da keng tarqalganidan so‘ng Rixsitilla Abdullayev Luizani kechki ovqatga taklif qildi, unga gul sovg‘a qilib, kechirim ham so‘radi.

    Yulduz Usmonova va shoir o‘rtasidagi kelishmovchilik

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xasta bo‘lma” xit qo‘shig‘ining matn muallifi Yo‘lchi Ro‘ziyev she’ri uchun bir necha yillardan buyon gonorar ololmayotganini aytib, xonandani sudga berdi.

    Yulduz Usmonova esa Yo‘lchi Ro‘ziyevdan bu ishi uchun xafa bo‘ldi, uni “Shoir Axlatiy” deb atadi hamda “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ini YouTube’dagi rasmiy kanallaridan o‘chirib tashladi.

    Ma’lumot uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida 2021-yilning 29-oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

                    Mavzuga doir:

    • Bir filmda suratga tushishni istamaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
    • Avvaliga sevishib keyin ajrashib ketgan mashhur turk yulduzlari
    • Irqchi, zo‘ravon va qoidabuzar: Gollivudda nomaqbul ishlari uchun qora ro‘yxatga kiritilgan yulduzlar (foto)
    • Ashaddiy muxlislari ta’qibiga uchragan mashhurlar (foto)

    02.01.2022, 13:10   Izoh (0)   74554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yilda o‘g‘il uylantirib, qiz uzatgan mashhurlar (foto)

    01.01.2022, 20:51

    2021-yilda ajrashishga qaror qilgan yulduzli juftliklar (foto)

    01.01.2022, 19:45

    2022-yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    01.01.2022, 17:47

    2021-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    01.01.2022, 16:47

    2021-yilda oila qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    01.01.2022, 15:43

    Ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi: O‘zbek kinosining “eng qimmat” aktrisalari reytingi (foto)

    31.12.2021, 23:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.