Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida er rashk sabab turmush o‘rtog‘ini bog‘chada bo‘g‘ib, urib, ertasi kuni pichoqlab o‘ldirgandi. Sud hukmi bilan unga jazo tayinlandi.
“Ayolim bilan ajrashish uchun ariza bergandim. Ayolim bilan ishlaydigan hamkasbi menga telefon qilib, ayolim boshqa bilan uchrashib yurganini aytgandi. Keyin, shubhalanib, ayolimning telefonini olib qo‘yganman. Telefonga begona erkakdan xabar kelgan. Jahlim chiqib, kechasi ayolimning ota uyiga borganman. Ayolim bilan biroz gaplashib o‘tirganimizdan keyin begona erkakdan yana xabar kelgan. Pichoq ayolimning qo‘lida edi, uni tortib olmoqchi edim bo‘yniga kirib ketdi. Ikki nafar farzandim bor. Qilgan ishimdan mingdan-ming pushaymonman”, — degan sudlanuvchi erkak.
“Millar” informatsion dasturida maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumani sudida 32 yoshli erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) hamda 164-moddaning (bosqinchilik) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)