Toshkent shahar hokimi qarori bilan Kamoliddin Nabiyev “Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasiga qayta rahbar bo‘ldi.
Korxona boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abduvahobov Abdujamil o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
2018-yilda mazkur lavozimdan ketgan Kamoliddin Nabiyev tashkilotga qayta rahbar etib tayinlandi. Kamoliddin Nabiyev tayinlovga qadar Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, tashkilot balansidagi moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazish va o‘rnatilgan tartibda topshirish-qabul qilib olish ishlari tashkil etiladi.
Izoh (0)