“Arsenal” jamoasi Angliya Kubogining 4-bosqichida “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Londonliklar 2022-yilning noyabr oyidan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. O‘shanda Mikel Arteta shogirdlari Angliya Liga Kubogi doirasida “Brayton”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Shundan buyon “kanonirlar” 6 ta g‘alaba va bitta durang natija qayd etdi.
“Arsenal” 4-fevral kuni APLning 22-turi doirasida “Everton”ga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)