“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya Kubogi chorak finali “Real”ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“70-daqiqaga qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Shundan so‘ng Sebalyos qo‘pollik ishlatdi va ikkinchi sariq kartochkani olmadi. Bu hech kimga qiziq emas. Keyinchalik Savichga qizil ko‘rsatildi va biz bir kishi kam bo‘lib qoldik.
Rodrigoning goli qoyilmaqom individual mahorat. Ungacha ‘Atletiko’ ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan edi, biroq kamchilik bo‘lib qolganda ustunlikni saqlab qolish qiyin. Jamoa men xohlagan o‘yinni namoyish eta oldi. Afsuski, omad bizdan yuz o‘girdi”, — deydi Simeone.
“Matraschilar” Ispaniya Kubogi chorak finalida “Real”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi yurishini yakunladi.
Izoh (0)