“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko”ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak finali bahsidan so‘ng (3:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Har bir futbolchining, jumladan, zaxira o‘yinchilarining ham fidoiyligi ko‘p narsani hal qiladi. Hal qiluvchi pallalarda o‘zgarishlarni amalga oshira oladigan futbolchilar borligi juda yaxshi. Bugun ham qiyin o‘yinda ishtirok etdik. ‘Atletiko’ birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadi, biroq, ikkinchi bo‘lim bizning foydamizga hal bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa futbolchilarim to‘g‘ri yo‘lda edi.
‘Vilyarreal’ga qarshi o‘yinning tanaffus vaqtida juda g‘azablangandim, lekin bugun unday bo‘lmadi. ‘Real’da o‘yinni yaxshilash uchun resurslar doim bo‘lganiga ishonaman. Ikkinchi bo‘lim taktik o‘zgarishlardan ko‘ra ko‘proq mentalitet bilan bog‘liq. Almashtirishlar ham jamoaga foyda berdi. ‘Real’ning birinchi bo‘limda yomon o‘ynashi-yu, qanday qilib ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qilganini men ham tushuna olmayman“, — deydi Anchelotti.
Izoh (0)