Toshkent shahrida 23-yanvar kuni yoʻlovchi avtobusi svetoforning qizil chirogʻida harakatlandi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur qoidabuzarlik “4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan MAN rusumli, davlat raqami “01 620 BKA”, saroy raqami 005-boʻlgan 38-sonli avtobus haydovchisi A.N. tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur qoidabuzarlikka nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qoidani buzgan avtobus haydovchisi jarimaga tortilgan.
Izoh (0)