Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri davlat rahbariga Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Eron Prezidentining oʻtgan yil sentabr oyida Oʻzbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston yetakchisi oʻzaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayganini qayd etdi. Transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari surish, jumladan, Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Boʻlajak tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)