O‘zbekistonda 2022-yilda 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 39 227 tani tashkil etgandi.
2022-yilda har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni 1,4 promilleni tashkil etgan. Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 5901 ta.
Qolgan hududlarda ular soni quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston — 2067 ta;
- Andijon viloyati — 5019 ta;
- Buxoro viloyati — 2561 ta;
- Jizzax viloyati — 1728 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 3472 ta;
- Navoiy viloyati — 1430 ta;
- Namangan viloyati — 4394 ta;
- Samarqand viloyati — 4907 ta;
- Surxondaryo viloyati — 2810 ta;
- Sirdaryo viloyati — 1764 ta;
- Toshkent viloyati — 5098 ta;
- Farg‘ona viloyati — 5445 ta;
- Xorazm viloyati — 2138 ta.
Izoh (0)