Toshkent shahrida alohida ajratilgan tasmada yengil mashinalar qoldirib ketilmoqda. Poytaxt Transport bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 18-yanvar kuni Spark haydovchisi yo‘nalishli transportlar harakati uchun alohida ajratilgan tasmada qoidani buzgan holda avtoulovini qoldirib ketgan.
“Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni va ajratilgan tasmalarda mashinalarini qoldirib ketmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: Avtobus yo‘laklarida harakatlangan boshqa transport haydovchilari qancha jarimaga tortilishi ma’lum qilindi
Izoh (0)