Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2021-yilda O‘zbekistonda 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilda eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahrida — 5,6 mingta, Farg‘ona viloyatida 4,3 mingta qayd etilgan.

Har 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (2,0 promille) va Sirdaryo viloyatida (1,6 promille) kuzatilgan.

Shuningdek, 2021-yilda O‘zbekiston bo‘yicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning qaysi viloyatida doimiy aholi soni eng ko‘pligi ma’lum qilingani, 2021-yilning dastlabki 11 oyida 276,9 mingta nikoh tuzilgani, 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yil boshidan buyon 832,4 ming nafar tug‘ilish holati qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari, qo‘mita doimiy aholining yosh tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumot bergandi. Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi sonida 0-4 yoshlilar eng ko‘p, 85 va undan kattalar esa ozchilikni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?