X-57 elektr bilan uchiriladigan tajriba samolyotining birinchi parvozini 2023-yil oxirigacha amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz elektrosamolyot ustida ishlayapmiz. Bu yil X-57 samolyotini uchiramiz. U zamonaviy avialaynerlarga qaraganda shovqinsiz, samaraliroq va ekologik xavfsizroq bo‘ladi”, — dedi u Nelson.
NASA elektrosamolyot loyihasi ustida ish olib borayotgani haqida 2016-yilda e’lon qilgan edi. Sinov parvozi 2017-yilga rejalashtirilgandi, biroq bir necha bor qoldirildi.
Izoh (0)