NASA’ning noyabr oyida kosmosga uchirilgan yangi NOAA-21 sun’iy yo‘ldoshi Yerning yuqori aniqlikda suratga oldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
NOAA-21 o‘zining VIIRS deb nomlangan asosiy asbobi yordamida 2022-yilning dekabr oyidan Yerni batafsil suratga olishni boshlagan. Tasvirlar orqali olimlar Yerda sodir bo‘layotgan jarayonlarning to‘liq ko‘rinishini tuzdi. NASA qorli Himolay va Tibet platosi qanday ko‘rinishga ega ekanini, Hindiston shimolida ekinlarning yonishi oqibatida havoga ko‘tarilgan tutun va Karib dengizi suvlarini namoyish qildi.
Bundan tashqari, suratda Kuba va Bagama orollarini yuqori aniqlikda ko‘rish mumkin.
Avvalroq AQSH kosmik agentligi (NASA) Yerning Oy bilan “bekinmachoq” o‘ynayotgani aks etgan videoni taqdim etgandi. Videodagi jismlarning harakati ularning fazodagi real tezligiga nisbatan 900 marta tezlashtirilgan.
Izoh (0)