• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Energetik derjava” maqomidan mahrum bo‘layotgan Rossiyaning O‘zbekistondagi “maxsus operatsiyasi” — faollar jiddiy xavotir va norozilik uyg‘otayotgan masala haqida

    So‘nggi vaqtda jamoatchilik O‘zbekiston gaz sanoati Rossiya qo‘liga o‘tib ketishidan xavotir va norozilik bildirmoqda. Bunga Rossiya tomonidan bir necha jiddiy takliflar yangragani sabab bo‘ldi.

    Rossiya yaqin-yaqingacha dunyo energetika bozorida “derjava” hisoblanar edi va mamlakat asta-sekin bu maqomini yo‘qotib bormoqda. Xususan, 2022-yil oktabrda Xalqaro energetika agentligi Ukrainaga qarshi urush Rossiyaning yetakchi energetika davlati maqomini yo‘qotishiga olib kelganini ma’lum qilgan.

    Ukraina bilan urush Rossiyaning “oltin gaz davri” tugashini va davlatlarning qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish jarayonini tezlashtirdi. 2022-yil 24-fevralgacha Rossiya qazib olinadigan energiya resurslari bo‘yicha dunyodagi birinchi eksportchi bo‘lgan. Ammo endi u o‘zining eng muhim mijozi va bozori – Yevropani yo‘qotdi, – deyiladi manbada.

    Yevropa inqirozdan chiqdi — gaz narxi arzonlashishda davom etyapti. Tarqalayotgan oxirgi xabarlar esa Rossiyaning Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston energiya mustaqilligiga jiddiy tahdid solayotganiga ishora beryapti. Jamoatchilik esa bunga nisbatan murosasiz munosabatini bildirmoqda.

    Ayniqsa, ommaviy axborot vositalarida tarqalgan Rossiya tomoni O‘zbekiston gaz uzatish tizimini bozor qiymati bo‘yicha “Gazprom” tasarrufiga o‘tkazishni so‘ragani haqidagi xabar e’tirozlarni kuchaytirdi.

    2022-yil noyabrda Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan uch tomonlama gaz ittifoqini tuzishni taklif qilgandi. Rossiya tomoni bu taklif siyosiy shartlar evaziga gaz yetkazib berishni nazarda tutmasligini, gap tijoriy manfaatlarni muvofiqlashtirish haqida ketayotganini bildirgandi. O‘z navbatida, mazkur taklif ham jamoatchilikda kuchli norozilik uyg‘otgan.

    Ijtimoiy tarmoqlar faollari O‘zbekiston energetik mustaqilligini saqlab qolish muhim ekanini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Xususan, bloger Olimjon Qodirov Telegram’dagi kanalida bunday ittifoqqa qarshi ekanini yozdi.

    Bugun jamoatchilikka 2022-yil oxirida Rossiya O‘zbekistondagi energetik inqirozdan foydalanib taklif qilgan uch tomonlama – Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston gaz ittifoqining ayrim detallari ochiqlandi. Ya’ni ikki asosiy shart: birinchisi, butun O‘zbekistonda gaz transportirovkasi Rossiya (“Gazprom”) nazoratida bo‘ladi, undan tashqari, butun gaz eksporti ham Rossiya nazoratida bo‘ladi. Qisqasi energetik qullik. Undan qisqa xulosa qilinsa, Rossiya butun O‘zbekiston energiya tizimini nazoratga olish evaziga bizga arzon gaz bermoqchi.

    Tanlov vaqti keldi. Yo ozgina gaz evaziga qul bo‘lamiz, yoki biroz qiynalib hurligimiz yo‘lida dadil qadam tashlaymiz.

    Rossiya bilan har qanday bitim va kelishuv albatta, umumxalq referendumiga qo‘shilishi shart. Vatan hammamizniki, 3-5 nafar amaldor, mansabdorniki emas. Hech kim vatan kelajagi xavfga qo‘yiladigan qarorlarni vatan nomidan qabul qilishga haqli emas, – deb yozgan u.Jamoatchilik faoli Aziza Umarova Facebook’da O‘zbekiston gaz bozorini xalqaro kompaniyalarga ochib, bozor shartlarida raqobatbardosh holga keltirish muhimligi haqida post qoldirdi.

    Qozog‘iston matbuotida O‘zbekistondagi ko‘plab gaz loyihalari uzoq vaqtdan beri “Gazprom” tomonidan nazorat qilingani va shartnomalar rossiyaparast Enter Engineering kompaniyasiga tegishli ekani yozilgan.

    “Gazprom” O‘zbekistonning 2017—2021-yillarda uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish davlat dasturining operatori bo‘lgan va moliyalashtirish “Gazprombank” orqali amalga oshirilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida BNPZ, FNPZ, GKhK Gazli, reaktiv yoqilg‘i ta’minoti va samolyotlarga yoqilg‘i quyish nazorati ham yo‘qotilmoqda.

    Aslida gaz sanoati allaqachon “Gazprom” tomonidan nazorat qilinadi. Xo‘sh, davlat dasturi to‘liq bajarildimi? Bundan tashqari, biz gaz va strategik aktivlarimiz ustidan nazoratni yo‘qotyapmizmi? Ushbu da’volarni rad etadigan aniq faktlar bormi?

    Umuman olganda, mamlakat gaz bozorini xalqaro kompaniyalarga ochib, bozor shartlarida raqobatbardosh holga keltirmaguncha, muammo hech qachon hal bo‘lmaydi, – deb yozgan jamoatchilik faoli.“Daryo” nashrining ismi sir tutilishini istagan manbasiga ko‘ra, O‘zbekistonning gaz sanoati sohasidagi zaifliklaridan foydalanib, Rossiya mamlakat energetikasini egallashga urinmoqda.

    O‘zbekiston energetika sohasida kamchiliklar juda ko‘p va yillar davomida to‘planib kelmoqda. Eng katta muammolar qatorida sohada olib borilgan investitsiyalarni kiritish va investorlar bilan bo‘lgan munosabatlar juda noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini aytish o‘rinli. Investorlarga teng imkoniyat va sharoitlar berilmagan. Kimlardir “erkatoy”, kimlargadir “chap ko‘z” bilan qaralgan.

    Yana bir muammo – sohaga jalb qilingan investorlar faoliyati bo‘yicha hech qanday ochiqlik yo‘qligida. Ayniqsa, yer osti gaz zaxiralari va mavjud quvurlar, yirik mashina va uskunalar holati borasida birorta oydinlik yo‘q.

    Sohada gaz qazib olishni oshirish va ishlatilayotgan asbob-uskunalarni texnik holatini yuqoriroq darajaga ko‘tarish, ishlab turgan quduqlarni texnik holatini qo‘llashga qaratilgan ishlarni olib borish o‘rniga, doim aktivlarni qayta taqsimlash va tayyor gazni qayta ishlash, investitsiya ko‘p talab qilgan, lekin xalq xo‘jaligiga kam foyda beradigan, ba’zi hollarda juda katta zarar yetkazadigan loyihalarga urg‘u berilgan.

    Bor ichki imkoniyatlardan foydalanib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni moddiy va texnikaviy qo‘llash o‘rniga, asosiy e’tiborni ko‘proq gaz hajmlarini import qilishga qaratganmiz. Vaholangki, agar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avans to‘lovlari vaqtida berilsa, ularga barcha bilan teng moddiy, texnikaviy va tashkiliy sharoit yaratilsa, ular bilan savdo mexanizmlari samarasi qayta ko‘rib chiqilsa, bir yilda gaz hajmini 5 milliard kub metrga oshirish muammo emas, – deya masalani tahlil qildi mutaxassis.Faollar fikricha, O‘zbekistondagi energetik inqiroz Rossiyaning bosimi oqibatida yuz bermoqda. Iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov Twitter’dagi sahifasida Rossiya O‘zbekistonni uch tomonlama gaz ittifoqiga qo‘shish uchun “maxsus operatsiya” boshlaganini yozdi.

    Bizni tiz cho‘ktirish va “Gaz ittifoqi”ga tiqish bo‘yicha “maxsus operatsiya” ketyapti. Suverenitet energetikadan boshlanadi va u bilan tugaydi. “Maxsus operatsiya” mahalliy ishlab chiqaruvchilarga “gaz o‘zi tagida yo‘q-ku”, bahonasida pul ajratmaslik va rahbariyatni “importdan boshqa ilojimiz yo‘q”, degan fikrlarga ishontirishdan boshlandi. Vaholanki, gaz hali ko‘p. Gap e’tibor va boshqaruvda, – deya fikr bildirgan mutaxassis.

    Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Telegram’dagi kanalida yozishicha, Rossiyaning “Energetik imperiya” konsepsiyasi Markaziy Osiyoni, eng avvalo, O‘zbekistonni qurshovga olishni maqsad qilib qo‘ygan.

    Millatning malakasi va siyosiy tafakkuri shunday bo‘lishi kerakki, o‘zining siyosiy erkini kuchaytiraman deb, geosiyosiy qopqonga tushib qolmasligi lozim. Bugungi qiyinchiliklardan qutilaman deb, uni kechiktirmasligi, kelajak avlodlarga kattaroq muammolar qoldirmasligi kerak. Muammolarni yechish uchun, davlat va xalq jipsligi – millat hamjihatligi yuqori bo‘lishi kerak. Ichki siyosatda qancha bahs-munozara, turfa fikrlar bo‘lmasin, milliy manfaatlar va tashqi tajovuzlar borasida, davlat va jamiyat bir-birini tushunishi hamda qo‘llab-quvvatlashi kerak.

    O‘zbekiston o‘zining energetik muammolarini yechish uchun, qolgan resurslarni ham Rossiyaga qo‘sh-qo‘llab topshirishi emas, aksincha, prezident Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa murojaatida aytgandek, oldingi kelishuvlarni ham qayta ko‘rib chiqishi zarur bo‘ladi. Aynan mana shu yo‘l – milliy manfaatlar, milliy g‘urur va milliy birlik yo‘lidir, – deb yozgan tahlilchi.Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram’dagi kanalida O‘zbekistondagi energetik aktivlar davlatga qaytarilishi zarurligi haqida yozdi.

    Oxirgi 6 yil ichida davlat qo‘lidan chiqarilgan neft va gaz aktivlari, kontraktlar, pudratlar to‘liq natsionalizatsiya qilinishi va undan keyingina o‘rganish va baholash ishlari o‘tkazilishi zarur. Angren IES bunga yaqqol misol. Albatta, qarshiliklar, sabotajlar bo‘ladi. Davlat favqulodda keskin choralar ko‘rishga tayyor ekani ko‘rsata olinsa kifoya (Zeromaks pretsedentini eslang).

    Mulk huquqi qayda qoladi, deya ko‘rmang. Neft va gaz konlarini egallab olganlar mulkdorlar emas. Energetika sohasidagi birorta begonalashtirish bitimida O‘zbekiston qonunlariga amal qilinmagan yoki kamida aylanib o‘tilgan. Birorta aktiv ochiq bozor va raqobat shartlarida qo‘lga kiritilmagan.

    Energetik aktivlarni davlatga qaytarilishini xalqaro institutlar va moliyaviy hamkorlar ham, eng asosiysi, O‘zbekiston xalqi qo‘llab quvvatlaydi. Agarda natsionalizatsiyadan keyingi choralar ochiq va shaffof xususiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi e’lon qilinadigan bo‘lsa.

    Ikkinchi keyingi qoldirib bo‘lmaydigan chora, bu oligarxiyaga qarshi qonun qoidalarni qabul qilish bo‘lishi zarur. Energetikadagi oligarxlar yillar davomida maqsadli ravishda yaratgan xavf-xatar mamlakat suverenitetiga bevosita daxl qilmoqda. Bank, aloqa, tashqi savdo masalalarida ham shu ahvolga qarab ketilmoqda. Oligarxiyaga qarshi qonun doirasida oligarx deb topilgan barcha shaxslar va ular bilan affillanganlar xususiylashtirish, davlat buyurtmalari va pudratlaridan, monopol tovar bozorlaridan, OAVlarga egalikdan va albatta, siyosiy hayotdan to‘liq chetlashtirilishi zarur, – deb yozgan iqtisodchi.Joriy yil dekabrda O‘zbekiston birinchi marta Turkmaniston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, uchinchi tomon ishtirokisiz qisqa muddatli gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. Ammo 12-yanvar kuni Turkmaniston texnik muammolar sababli “Daryoliq” stansiyasi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz eksportini to‘xtatgan.

    Umuman olganda, jamoatchilikda energetika masalasidagi munozara va e’tirozlar davom etmoqda. Muammo yuzasidan takliflar berilmoqda. Hozircha O‘zbekiston hukumati mazkur masalalar yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.

    19.01.2023, 21:12   Izoh (1)   17061
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1464809943@telegram.org / 19.01.2023, 23:17

      Ассалому алейкум хурматли иктисодчи, сиёсатчи акалар. Мен бир оддий ишчиман. Гаров олиб айтишим мумкин. Энергия нархини арзон булиши ёки киммат булиши яна умуман газ булмаслигини сизларга таъсири жудаям кам. Бутун халк номидан гапиришдан олдин оддий кишлок хаётини озгина 0.5 фоиз урганилар. Газ йук, свет йук, бензин киммат. Сизлардай гапга чечанмасман. Сизлар куйган шартлариз ажойиб лекин. Арзон газ эвазига куллик ёки кийинчилик эвазига мустакиллик. Албатта мустакил булиш жудаям яхши. Лекин инсонни жонидан туйдириб юборадиган бу азобларчи? Ээээ гапириб нима фойда топаман. Барибир эски хаммом эски тоз. Узавто хуллас.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2022-yilda qaysi hududda eng ko‘p nikohdan ajralish qayd etilgani ma’lum qilindi

    19.01.2023, 20:33

    Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasi qariyb 500 mln so‘mlik xrizantema sotib oldi

    19.01.2023, 20:01

    Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan yo‘laklarda mashinalar qoldirib ketilmoqda

    19.01.2023, 19:51

    Farg‘onada IIB xodimlarini haqorat qilgan mast fuqaro 15 sutkaga qamaldi

    19.01.2023, 19:21

    O‘zbekiston hamkori: Hashamatdan holi, dunyoda top o‘nlikda, Osiyoda birinchi Li Kuan Yu maktabi (foto)

    19.01.2023, 18:50

    Tojikistondan keltirilgan qariyb 5 kg narkotik modda musodara qilindi

    19.01.2023, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.