Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 20-turida “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari 15-yanvar, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Bukayo Sakaning jarima maydoni ichiga uzatmasidan keyin to‘p “shporlar” posboni Ugo Lyorisga tegib, darvozadan joy oldi. 36-daqiqada Martin Edegor uzoq masofadan gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Qolgan vaqtda har ikki tomonda golga tortadigan qator vaziyatlar bo‘ldi, biroq hisob boshqa o‘zgarmadi.
“Arsenal” ushbu g‘alaba evaziga ochkolarini 47 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. “Kanonirlar” eng yaqin ta’qibchi “Manchester Siti”ni (39) 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.
20-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
APL
20-tur bahsi
15-yanvar, yakshanba
“Tottenhem” — “Arsenal” 0:2
Gollar: 0:1 – 14, avtogol Lyoris, 0:2 – 36 Edegor.“Tottenhem”: Lyoris, Doerti (Risharlison, 71), Dayer, Langle (Devis, 88), Romero, Sessenyon (Perishich, 76), Hyoybyerg, Kulusevski (Xil, 88), Sarr (Bissuma, 76), Son Hyon Min, Keyn.
“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 86), Jaka, Parti, Edegor, Saka, Nketia, Martinelli (Tirni, 79).
Ogohlantirishlar: Romero (35), Sessenyon (45), Sarr (53), Martinelli (70), Dayer (72), Gabriel (90).
Izoh (0)