Shri-Lanka g‘aznasida davom etayotgan mablag‘ yetishmayapti. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi vakili Bandula Gunavardenaga tayanib Forbes xabar bermoqda.
Bandula Gunavardenaga ko‘ra, mamlakatda soliq shaklida undiriladigan mablag‘lar miqdori kamaygan. G‘aznachilikda to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ yo‘q.
Unga ko‘ra, 2022-yilda mamlakatda boshlangan iqtisodiy inqiroz g‘azna daromadlariga ta’sir qilgan.
“2023-yilning dastlabki uch oyi uchun kutilayotgan soliq tushumi unchalik yuqori emas. Biroq biz budjet sohasi xodimlariga maosh to‘lashimiz kerak”, — dedi Gunavardena.
Uning ta’kidlashicha, Prezident barcha vazirliklarga 2023-yilda budjetdan ajratiladigan mablag‘larni kamida 5 foizga qisqartirish zarurligi haqida ma’lumot bergan.
“Iqtisodiy inqiroz oqibatlarini kamaytirish uchun xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha keyingi qadamlar qo‘yiladi”, — deydi Gunavardena.
Mamlakat Vazirlar Mahkamasi vakilining aytishicha, g‘azna davlat soliqlari hisobiga to‘ldirilmoqda. Avval Shri-Lankada pul chop etilgan, kreditlar olingan, lekin endi mamlakatga kredit berilmaydi va rasmiylar pul chop etishni to‘xtatgan.
Shri-Lanka o‘tgan yili tashqi qarzini to‘lamagan va hozirda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasidan mamlakatdagi inqirozni bartaraf etish uchun qutqaruv paketi uchun ruxsat so‘ramoqda.
Mavzuga doir:
- Hokimiyatdagi qarindosh-urug‘chilik, prezident sayloviga kiritilgan o‘zgarishlar, defolt va krizis: qanday qilib bir oila butun mamlakatni bankrot qilgan?
- Shri-Lanka: qanday qilib o’zgarmas hokimiyat mamlakatni bu ahvolga tushirgani, uning oqibatlari, hozirgi vaziyati va keyingi taqdiri haqida umumiy tahlil
- Yopilgan maktablar, yonilg‘i uchun uzun navbatlar va defolt: Shri-Lankada hozir vaziyat qanday? (foto)
Izoh (0)