• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Hokimiyatdagi qarindosh-urug‘chilik, prezident sayloviga kiritilgan o‘zgarishlar, defolt va krizis: qanday qilib bir oila butun mamlakatni bankrot qilgan?

    Sanskrit tilidan tarjima qilingan Shri-Lanka “muborak, muqaddas yer” degan ma’noni anglatadi. Ammo endi bu zamin 1948-yilda mustaqillikka erishgandan buyon o‘z tarixidagi eng og‘ir inqiroz — moliyaviy, yoqilg‘i, siyosiy va oziq-ovqat tanqisligini boshidan kechirmoqda.

    Mustaqil Shri-Lankaning butun tarixida mamlakat hech qachon bunday yirik moliyaviy inqirozni boshdan kechirmagan

    Mustaqil Shri-Lankaning butun tarixida mamlakat hech qachon bunday yirik moliyaviy inqirozni boshdan kechirmagan
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    Rasmiylar oldindan defolt e’lon qildi — bu mamlakat tarixidagi yagona defolt hisoblanadi. Inqirozning asosiy sabablari orasida COVID-19 pandemiyasi, oziq-ovqat narxlarining global o‘sishi va hukmron Rajapaksa klani bor.

    Vatan va birodarlik

    Janubi-Sharqiy Osiyo siyosatidagi mashhur qarindosh-urug‘chilik me’yorlariga qaramay, Shri-Lanka misoli juda hayratlanarli, — deb yozadi sotsiologiya professori va Nyu-Dehlidagi Janubiy Osiyo universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi dekani Sasanka Perera.

    Shri-Lanka deputati Patali Ranavakaga ko‘ra, Rajapaksa klani mamlakatni talon-toroj qilgan.

    Klan tarixi mustamlaka davridan boshlanadi. Rajapaksa oilasi uzoq vaqtdan beri orolning janubi-sharqidagi Hambantota tumanida guruch dalalari va kokos palma plantatsiyalariga egalik qilgan.

    Klan asoschisi Don Devid Rajapaksa Seylonning mustamlaka ma’muriyati tizimida mahalliy boshliq bo‘lib xizmat qilgan.

    1936-yilda Seylon Davlat kengashiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda uning o‘g‘li Don Metyu Rajapaksa Hambantota okrugidan saylangan.

    Don Metyu 1945-yilda vafot etib, uning akasi Don Alvin Rajapaksa Davlat Kengashidagi o‘rnini egallagan.

    1947-yilgi umumiy saylovlarda, Seylon mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin (1948-yil 4-fevralda e’lon qilingan) Don Alvin va uning jiyani, Don Metyuning o‘g‘li Lakshman Rajapaksa parlamentga saylangan.

    Mahinda Rajapaksa (Shri-Lankaning sobiq bosh vaziri va sobiq prezidenti) katta o‘g‘li Namal, yoshlar yetakchisi va telemagnat bilan

    Mahinda Rajapaksa (Shri-Lankaning sobiq bosh vaziri va sobiq prezidenti) katta o‘g‘li Namal, yoshlar yetakchisi va telemagnat bilan
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    Keyinchalik oilaning yana ikki a’zosi - 1960-yilda Jorj (Don Metyuning o‘g‘li) va 1970-yilda Mahinda (Don Elvinning o‘g‘li) parlamentar bo‘lgan. Rajapaksa klani 1936-yildan 1977-yilgacha parlamentda uzluksiz vakillik qilgan.

    1951-yilda boshqa oilaviy klanning vakili, parlament quyi palatasi rahbari Solomon West Ridgway Dias Bandaranaike Shri-Lanka Ozodlik partiyasiga (SLOP) asos solgan.

    Don Alvin Rajapaksa partiya tashkil etilgan paytdan boshlab uning etakchilaridan biri bo‘lib, uning "o‘z" saylov okrugida 1952-yilgi saylovlarda g‘alabasini ta’minladi va keyin 1956-yilgi saylovlarda SLOPni hokimiyatga keltirdi — Solomon Bandaranaike bosh vazir bo‘ldi.

    Don Alvin dastlab yerni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. So‘ng 1959-yilda qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan. O‘sha yili Sulaymon Bandaranaike o‘ldirilib, 1960-yilda uning bevasi Sirimavo partiya va hukumat boshida o‘tirgan.

    Shri-Lankada o‘nlab siyosiy partiyalar mavjud bo‘lsa-da, yillar davomida siyosiy hayot ikki asosiy kuch — SLOP va 1946-yilda yaratilgan Birlashgan Milliy Partiya (BMP) o‘rtasidagi kurash bilan belgilandi.

    Rajapaksa oilasi a’zolarining taqdiri SLOPning muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklariga bog‘liq edi.

    1977-yilgi parlament saylovlaridan so‘ng, BMP 168 o‘rindan 140 tasini olgan holda g‘alaba qozongan va oila a’zolari parlamentni tark etishga majbur bo‘lgan. Ularning hokimiyatga qaytishi sekin so‘lsa-da, yakuni g‘alaba bo‘lgan.

    Aka-uka Rajapaksalar (chapdan o'ngga) - Mahinda, Gotabaya va Bazil - Shri-Lankaning eng boy va eng nufuzli siyosiy klanining a'zolari

    Aka-uka Rajapaksalar (chapdan o'ngga) - Mahinda, Gotabaya va Bazil - Shri-Lankaning eng boy va eng nufuzli siyosiy klanining a'zolari
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    1989-yilda aka-uka Mahinda va Chamal Rajapaksa o‘zlarining Hambantota saylov okrugida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan.

    SLOP boshchiligidagi siyosiy partiyalar alyansi g‘alaba qozongan 1994-yilgi saylovlardan so‘ng, Mahinda Rajapaksa avval mehnat vaziri, keyin baliqchilik va suvni rivojlantirish vaziri, keyin esa portlar vaziri portfelini olgan.

    2001-yilgi saylovlardan so‘ng, BMP’da g‘alaba qozongan Mahinda parlament muxolifati yetakchisiga aylanadi. 2004-yilgi saylovlarda SLOP boshchiligidagi Ozodlik uchun Birlashgan Xalq Alyansi qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi va Mahinda Rajapaksa bosh vazir bo‘ldi.

     

    Bir yil o‘tgach, yana kichik farq bilan (48,43 foizga qarshi 50,29 foiz ovoz) u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan. 2010-yilda esa u muvaffaqiyatli ravishda prezidentlikka qayta saylangan.

    Mahinda Rajapaksa muddatidan oldin ikkinchi saylovda qatnashdi — uning mashhurligi “Tamil Eelamning ozodlik yo‘lbarslari” isyonchi harakati ustidan qozonilgan g‘alaba va 2009-yil may oyida 26 yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi tugashi tufayli oshgan.

    Mahinda Rajapaksaning prezidentlik muddatlari qarindoshlarini yuqori lavozimlarga ommaviy ravishda chaqirish davri bo‘lgan.

    Parlamentga saylanganlar: Namal (to‘ng‘ich o‘g‘li), Bazil (ukasi) va Nirupama (amakivachchasi).

    Prezident ukasi Gotabayni Mudofaa vazirligi kotibi lavozimiga tayinlagan (vazirlikdagi eng yuqori fuqarolik lavozimi). Prezidentning akasi Chamal oddiy parlamentariy bo‘lib, unda spiker bo‘ldi va uchta vazir o‘rinbosarlari va uchta vazirlar portfelini almashtirgan.

     

    Rajapaksaning uch aka-ukasi prezident davlat budjetining 70 foizini nazorat qilgan. Gotabay Rajapaksa nazorat ulushi davlatga tegishli bo‘lgan Apollo Hospitals tibbiyot markazi direktorlar kengashiga raislik qilgan.

    Prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li Namal “Tarunyata Xetak” yoshlar tashkilotiga rahbarlik qilgan. Akasi (va yoshlar tashkiloti o‘rinbosari) Yoshita bilan birgalikda u Carlton Sports Network sport telekanalining hammuallifiga aylangan.

    Shashindraning jiyani (Chamalning o‘g‘li) Uva viloyatining bosh vaziri etib tayinlangan. Shashindraning ukasi Shaminda davlatga qarashli Shri Lanka Telecom va Shri Lanka Airlines davlat aviakompaniyasini boshqargan.

    Prezidentning singlisi Jayantining o‘g‘li Himal Lalindra Xettiarachchi Shri-Lanka Telecom sho‘ba korxonasi Sky Networks kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan.

    Yana bir singlisining turmush o‘rtog‘i Lalit Priyadal Chandradasa Shri-Lanka portlar boshqarmasi, davlat tibbiyot birlashmasi va bir nechta kompaniyalarni boshqargan.

    Namoyishchilar uch aka-uka Rajapaksa (chapdan o'ngga) — prezident Gotabayi, bosh vazir Mahinda va moliya vaziri Bazilning niqoblarini kiygan. Qizil rangdagi raqamlar davlat neft kompaniyasini, Hindiston bayrog‘i rangidagi arqon esa Shri-Lanka iqtisodiyotini bo‘g‘ayotgan Hindistonni ifodalaydi. 2022-yil 18-mart

    Namoyishchilar uch aka-uka Rajapaksa (chapdan o'ngga) — prezident Gotabayi, bosh vazir Mahinda va moliya vaziri Bazilning niqoblarini kiygan. Qizil rangdagi raqamlar davlat neft kompaniyasini, Hindiston bayrog‘i rangidagi arqon esa Shri-Lanka iqtisodiyotini bo‘g‘ayotgan Hindistonni ifodalaydi. 2022-yil 18-mart
    Foto: Dinuka Liyanawatte / Reuters

    Prezidentning amakivachchasi Prasanna Vikramasuriya davlatga qarashli aeroport va aviatsiya xizmatlari guruhi direktorlar kengashiga raislik qilgan. Prasanna Jalianing ukasi AQSHga elchi qilib yuborilgan.

    Yana bir amakivachcha Udayanga Veyeratunga 2006-yildan 2015-yilgacha Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasining Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.

    Prezidentning rafiqasi Shirantining qarindoshlari ham qator lavozimlarni egallagan. Uning akasi Nishantha Vickremasinghe ikkita aviakompaniya, SriLankan Airlines va Mihin Lanka’ni boshqargan. Kichik ukasi Srimal Shri-Lankaning Avstriyadagi elchixonasiga yuborilgan.

    Hatto prezidentning shaxsiy munajjimi Sumanadas Abeigunavardena ham muvaffaqiyatli karyera qilgan, davlatga qarashli Milliy jamg‘arma bankining direktori bo‘lib, bunga qo‘shimcha ravishda yana bir qancha lavozimlarga ega bo‘lgan.

    Mahinda Rajapaksaning ikkinchi prezidentlik muddatida (2010-2015) klanning 40 dan ortiq a’zosi vazirlik lavozimlarini hisobga olmaganda, turli davlat lavozimlarida ishlagan.

    Bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga

    2010-yil 9-sentabrda Shri-Lanka parlamenti konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilib, bir kishini ketma-ket ikki marta prezident etib saylash mumkinligi haqidagi moddani bekor qildi. Bu prezident Rajapaksaga uchinchi marta saylanishiga zamin yaratdi.

    2014-yil noyabr oyida SLOP bosh kotibi, sog‘liqni saqlash vaziri Maytripala Sirisena kutilmaganda mamlakat diktatura tomon ketayotganini, korrupsiya, qarindosh-urug‘chilik va qonunlarni mensimaslik urchib ketganini e’lon qildi.

    Unga ko‘ra, butun iqtisodiyot va jamiyatning har bir jabhasi faqat bitta oila tomonidan nazorat qilingan. Shu sabablar bilan Sirisena muxolifatning yagona nomzodi sifatida saylovlarda qatnashishga rozi bo‘lgan.

     

    2015-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sirisena Mahinda Rajapaksani (51,28 foiz : 47,58 foiz) kam farq bilan mag‘lub etdi. Ko‘p o‘tmay Rajapaksa saylov natijalarini tan olishdan bosh tortganlikda va hokimiyatni saqlab qolish uchun davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi.

    Yangi prezident davrida Rajapaksa klanining ko‘plab a’zolari o‘z lavozimlaridan ayrildi. Sirisena inauguratsiyasidan ikki hafta o‘tib, yangi hukumat “katta odamlar” tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar, jumladan, mamlakatdan pul olib chiqib ketilishini tekshirayotgani ma’lum bo‘ldi.

    Taxminlarga ko‘ra, faqat 2013-yilda Shri-Lankadan 700 mlrd Shri-Lanka rupiysi (5,31 mlrd dollar) olib chiqib ketilgan.

    Hindiston va Seyshel orollari rasmiylari mamlakatning yangi hukumatiga ushbu mablag‘larni topishda yordam berishga va’da bergan. 2015-yilning may oyida tashqi ishlar vaziri Mangala Samaraviraning aytishicha, Rajapaksa klani mamlakatdan 18 mlrd dollargacha pul olib chiqqan bo‘lishi mumkin.

    2015-yilda Mahinda Rajapaksa (chapda) uchinchi muddatga saylanish imkoniyatini beruvchi konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishdan foydalana olmadi va prezidentlik saylovlarida yutqazdi. Ammo besh yildan so‘ng u hokimiyatga qaytib, bosh vazir bo‘ldi

    2015-yilda Mahinda Rajapaksa (chapda) uchinchi muddatga saylanish imkoniyatini beruvchi konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishdan foydalana olmadi va prezidentlik saylovlarida yutqazdi. Ammo besh yildan so‘ng u hokimiyatga qaytib, bosh vazir bo‘ldi
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    Sobiq prezidentning qarindoshlari jinoiy tergovda aylandi. Uning o‘g‘li Namol 2016-yilda pul yuvishda gumonlanib hibsga olingan edi. Dengiz flotida leytenant komandiri unvonini yo‘qotgan ukasi Yoshita ham pul yuvishda gumon qilinib, hibsga olingan. Ammo keyin ikkalasi ham ozod qilingan.

    2018-yil oktabr oyida prezident Maytripala Sirisena mamlakatga kutilmagan sovg‘a taqdim etdi. Xalqqa qilgan murojaatida u o‘ziga qarshi suiqasd tayyorlanayotganini, bu suiqasdda hukumat vakili ishtirok etganini aytgan.

    Sirisena, shuningdek, fitnada Hindiston tadqiqot va tahlil departamenti (xorijiy razvedka) ishtirok etganiga ishora qilgan. Keyin prezident bosh vazir Ranil Vikramasingeni ishdan bo‘shatib, Vazirlar Mahkamasini tarqatib yuborgan.

     

    U sobiq prezident Mahinda Rajapaksani hukumatning yangi rahbari etib tayinlagan. Vikramasingxe esa o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortgan. Oliy sud esa prezident qarorlarini bekor qilgan.

    Rajapaksaga parlament tomonidan ketma-ket bir necha bor ishonchsizlik votumi qabul qilingan. Konstitutsiyaviy inqiroz Rajapaksaning hukumat boshlig‘i lavozimiga da’volaridan voz kechishi va parlament muxolifati yetakchisiga aylanishi bilan yakunlangan.

    Ammo tez orada hamma narsa yana o‘zgargan. 2019-yil noyabr oyida uning akasi Gotabaya Rajapaksa prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan. 2020-yil avgust oyida Mahinda Rajapaksa boshchiligidagi Shri-Lanka Xalq fronti parlament saylovlarida g‘alaba qozongan.

    “Xalq fronti” vakillari 225 deputatlik mandatidan 145 tasini oldi, jumladan, parlamentdagi besh o‘rin Rajapaksa oilasi vakillariga nasib etdi.

    Sobiq prezident Mahinda bosh vazir etib tayinlandi. Oila a’zolari yuqori lavozimlarga qaytishni boshladi. Ularga qarshi olib borilgan barcha tergovlar va mamlakatdan olib chiqib ketilgan pullarni qidirish unutildi.

    Turizm Shri-Lanka xazinasining asosiy valyuta manbalaridan biridir

    Turizm Shri-Lanka xazinasining asosiy valyuta manbalaridan biridir
    Foto: Safron Golikov / Kommersant

    Terrorchilar, koronavirus, narxlar

    Taxminan yarim million Shri-Lankalik turizm sohasida ishlaydi va ikki millionga yaqin kishi bilvosita u bilan bog‘liq. Mamlakatning ishchi kuchi taxminan 8 million kishini tashkil qiladi, shuning uchun deyarli har uchinchi ishchi turizm sohasiga bog‘liq.

    Turizm industriyasiga birinchi zarba Pasxa deb atalmish portlashlar, fuqarolar urushidan keyingi birinchi teraktlar sabab bo‘ldi. 2019-yilning 21-22 aprel kunlari Xudkush-terrorchilar Shri-Lankadagi cherkov va mehmonxonalarda qator portlashlar uyushtirdi.

    Avstraliya, Bangladesh, Buyuk Britaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Xitoy, Niderlandiya, Portugaliya, Turkiya, Shveysariya va Yaponiyadan kelgan 45 nafar chet ellik sayyohlar, jumladan, 269 kishi (terrorchilar ham bor) halok bo‘ldi.

     

    Rasmiylar hujumda mahalliy terrorchilik guruhi, ya’ni “Tavhid milliy jamiyati”ni aybladi. Portlashlar uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” o‘z zimmasiga oldi.

    Turistlar oqimi sezilarli darajada kamaydi. Agar 2018-yilda mamlakatga 2,521 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019-yilda bu 2,027 million kishini tashkil etgan.

    Turizm industriyasiga terrorchilardan ko‘ra ko‘proq COVID-19 zarar yetkazdi. 2020-yilda mamlakatga chet eldan 508 ming sayyoh kelgan, shu jumladan apreldan noyabrgacha (aeroportlar yopilganligi sababli) hech kim tashrif buyurmagan.

    2021-yilda esa undan ham kamroq — 195 ming kishi. Hukumat emlangan sayyohlar uchun barcha karantin cheklovlarini bekor qilgandan keyingina turizm sanoati tiklana boshladi. 2021-yilda orolga tashrif buyurganlarning deyarli yarmi, 90 ming kishi cheklovlar olib tashlanganidan keyin kelgan.

    2019-yildagi

    2019-yildagi "Pasxa portlashlari"dan keyin Shri-Lanka plyajlarida armiya patrullari paydo bo'ldi
    Foto: Dinuka Liyanawatt / Reuters

    Agar 2018-yilda xalqaro turizmdan tushumlar 5,61 mlrd dollarni, 2019-yilda esa 4,66 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda ular bor-yo‘g‘i 1,08 mlrd dollarni tashkil etgan.

    Hozircha 2021-yil uchun aniq ma’lumotlar yo‘q, Shri-Lanka hukumati turli raqamlarni keltirgan, biroq tushumlar milliardlab emas, balki yuzlab million dollarlarda o‘lchangan deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri.

    Umumiy tanazzul va ommaviy norozilik

    2021-yilning o‘rtalariga qadar Shri-Lankaning valyuta zaxiralari hajmi 4 mlrd dollardan past bo‘lmagan.O‘tgan yilning iyul oyidan boshlab u pasayishni boshlagan. 2021-yil dekabrida ularning hajmi 3,1 mlrd dollarga, 2022-yilning yanvarida 2,36 mlrd dollarga, fevralda 2,31 mlrd dollarga, martda 1,93 mlrd dollarga, aprelda esa 1,827 mlrd dollarga kamaygan.

    Shu bilan birga, mamlakatning tashqi qarzi 51 mlrd dollarni tashkil etadi, shundan 25 mlrd dollari 2026-yilgacha to‘lanishi kerak, joriy yilda esa qariyb 7 mlrd dollar.

    Iqtisodiyotda to‘plangan muammolar tufayli valyuta yetishmasligi Shri-Lankaning qarzni to‘lay olmasligiga olib keldi. 2022-yil 12-aprelda Markaziy bank rahbari Nandalal Weyerasinghe Shri-Lanka defoltni oldini olish uchun barcha tashqi to‘lovlarni vaqtincha kechiktirayotganini e’lon qildi.

     

    Bunga sabab esa hayotiy muhim tovarlar — yoqilg‘i, oziq-ovqat, dori-darmonlarni sotib olish uchun cheklangan valyuta mablag‘lari kerakligi edi.

    Shundan so‘ng Shri-Lanka hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasiga (XVJ) qariyb 3 mlrd dollar miqdorida favqulodda moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi. Aprel oyi oxirida Shri-Lanka Markaziy banki rahbari XVJdan pul olish uchun uch oygacha vaqt ketishi mumkinligini aytdi.

    2023-2028 yillarda to‘lanadigan xalqaro obligatsiyalarning ikkita emissiyasi bo‘yicha foizlar to‘lovi 19-may kuni amalga oshirilmadi. Weyerasinghe mamlakat primptiv defolt holatida ekanligini tan oldi.

    Oziq-ovqat va yoqilg‘i taqchilligi, shuningdek, milliy valyutaning qadrsizlanishi Osiyoda eng kuchli inflyatsiyaga olib keldi. Mamlakat poytaxti Kolomboda 2022-yil aprel oyida iste’mol narxlari indeksi 2021-yil apreliga nisbatan 29,8 foizga oshgan.

    Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari 46,6 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 22 foizga qimmatlashdi. Benzin va boshqa turdagi yoqilg‘ilarning narxi keskin oshdi.

    Fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida narxlarning doimiy o‘sishi, oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmonlar yetishmasligi tufayli aholi noroziligining dastlabki belgilari paydo bo‘la boshladi. Yoqilg‘i taqchilligi tufayli elektr energiyasining ko‘p soatlab uzilishi doimiy hodisaga aylandi.

    2022-yil 23-martdan boshlab Shri-Lankadagi ko‘pchilik yoqilg‘i quyish shoxobchalari armiya tomonidan qo‘riqlanadi, shunda benzin va dizel yonilg‘isi olib kelinayotganda mojarolar bo‘lmaydi Foto: Chamila Karunarathne / Vostock Photo

    Mart oyi o‘rtalarida mamlakat aholisi benzin, dizel yonilg‘isi yoki kerosin sotib olish uchun soatlab navbatda turishga majbur bo‘ldi. Odamlar uzoq vaqt navbatda turishdan hushidan ketish holatlari paydo bo‘lgan.

    Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida haydovchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan, ba’zan mushtlashuvga aylangan. 20-mart kuni Xoragolla milliy bog‘i yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida uch g‘ildirakli velosiped haydovchisi mojaro vaqtida yana bir mototsiklchini pichoqlab o‘ldirgan.

    21-mart kuni pechka uchun yoqilg‘i sotib ololmaslikka duch kelgan Kolomboning g‘azablangan aholisi mamlakat poytaxtining asosiy ko‘chasini bir necha soat davomida to‘sib qo‘ygan. 23-mart kuni hukumat tartibni saqlash va zo‘ravonliklarning oldini olish uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalariga qo‘shin yuborgan, chunki politsiya kuchlari yetarli bo‘lmagan.

     

    Vaziyat kundan kunga yomonlashdi. 31-mart kuni kechqurun yuzlab namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirishga harakat qilgan. Politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berib, 53 nafar namoyishchi hibsga olingan.

    1-aprel kuni prezident Rajapaksa favqulodda holat e’lon qilib, xavfsizlik kuchlariga tinchlikni buzganlikda gumon qilinganlarni hibsga olish imkonini berdi. 2-aprel kuni politsiya yakshanba kuniga rejalashtirilgan ko‘proq norozilik namoyishlarining oldini olish uchun shanba kuni quyosh botishidan (2-aprel) dushanba tongiga (4-aprel) qadar 36 soatlik komendantlik soati e’lon qilgan.

    3-aprel kuni hukumat ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi, biroq tez orada Inson huquqlari kengashi qarori bilan bu taqiq bekor qilindi. O‘sha kuni kechqurun barcha vazirlar iste’foga chiqdi. Bosh vazir Mahinda Rajapaksa vazirlar mahkamasisiz qoldi.

    4-aprel kuni Markaziy bank rahbari iste’foga chiqqani haqida e’lon qilindi. 5-aprel kuni Shri-Lanka Xalq frontining 41 nafar deputati iste’foga chiqdi. Shunday qilib, prezident Rajapaksa tarafdorlari parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotdi.

    Odamlar kerosin olish uchun ba'zan kechqurun, ertalab navbatga turadi

    Odamlar kerosin olish uchun ba'zan kechqurun, ertalab navbatga turadi
    Foto: Dinuka Liyanawatt / Reuters

    Qo‘llab-quvvatlashni yo‘qotgan prezident o‘sha kuniyoq favqulodda holatni bekor qildi. 9-aprel kuni minglab namoyishchilar Kolombo ko‘chalari bo‘ylab prezidentning iste’fosini talab qildi. Namoyishchilar prezident qarorgohi yaqinida chodir qurib, prezident o‘z iste’fosini e’lon qilmagunicha bu yerdan ketmaslikka va’da berdi.

    18-aprel kuni prezident Gotabaya Rajapaksa Vazirlar mahkamasining yangi tarkibini e’lon qildi. Prezidentning ikki ukasi, Bazil va Chamal va jiyani Namal bunga kiritilmagan, ammo ukasi Mahinda yana bosh vazir bo‘ldi.

    Namoyishlar susaymadi. 19-aprel kuni Rambukkana shahrida politsiya namoyishchilarga qarata o‘q uzdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi.

    28-aprelda umumiy ish tashlash e’lon qilindi. 6 maydan so‘ng prezident yana favqulodda holat e’lon qildi.

    Kolombodagi prezident qarorgohi oldida yonib ketgan avtobus. 2022-yil 1-aprel

    Kolombodagi prezident qarorgohi oldida yonib ketgan avtobus. 2022-yil 1-aprel
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    9-may kuni vaziyat maksimal darajada keskinlashdi. Tayoqlar bilan qurollangan hokimiyat tarafdorlari prezident qarorgohi yonidagi chodirlar lageriga hujum qildi — hukumatga qarshi plakatlar va bannerlarni yirtib, yoqib yubordi, lager ishtirokchilarini kaltakladi. Keyin Galle Face yo‘lakchasida yana bir norozilik lagerini buzib tashladi.

    Nittambuva shahrida olomon deputat Amarakirti Atukoralaga hujum qildi. U hujumchilarga ikki marta o‘q uzdi, ulardan birini o‘ldirdi, shundan so‘ng qo‘riqchi bilan birga eng yaqin uyga yugurdi. Keyinchalik ikkalasi ham o‘lik holda topildi.

    Minglab odamlar bosh vazir qarorgohi hududiga bostirib kirdi. Namoyishchilar to‘xtab turgan yuk mashinasini yoqib yuborishga muvaffaq bo‘lgan, shundan so‘ng ularga qarata o‘t ochilgan.

    Kolomboda hukumatga qarshi namoyish. 2022-yil 19-aprel

    Kolomboda hukumatga qarshi namoyish. 2022-yil 19-aprel
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    Kolombo chekkasidagi Moratuvada munitsipal xodimlarni prezident va bosh vazirni qo‘llab-quvvatlovchi mitinglarga jo‘natishni tashkil qilgan merning uyi yoqib yuborildi.

    Shuningdek, uch vazir va uch deputatning uylari hamda prezident o‘g‘lining biznes sherigiga tegishli mehmonxona yondirilgan. Rajapaksalar oilasining tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida norozilar oilaviy muzeyga bostirib kirib, prezident ota-onasining haykallarini buzib tashladi.

    Kolomboda, keyin esa butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qilindi. Kun davomida jami besh kishi halok bo‘ldi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi. Shu kuni Mahinda Rajapaksa bosh vazirlikdan iste’foga chiqdi.

    Mamlakat tarixidagi eng og‘ir inqiroz munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari mart oyida boshlangan va hozircha pasaymayapti

    Mamlakat tarixidagi eng og‘ir inqiroz munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari mart oyida boshlangan va hozircha pasaymayapti
    Foto: Eranga Jayawardena / AP

    Uning o‘g‘li Yoshita oilasi bilan mamlakatni tark etdi. Mahindaning o‘zi, uning o‘g‘li Namal va ularning 15 nafar sheriklariga mamlakatni tark etish taqiqlangan.

    10-may kuni armiyaga talonchilar va hayotga xavf tug‘diradiganlarni o‘ldirish uchun otishma buyurildi.

    12-may kuni muxolifatdagi BMP yetakchisi Ranil Vikramasinge yangi bosh vazir bo‘ldi.

    20-may kuni maktablar yopilishi e’lon qilindi va davlat xizmatchilari elektr energiyasini tejash uchun ishga kelmaslikka chaqirildi.

    Ayni damda Shri-Lankadagi vaziyatning keyingi rivojlanishini prognoz qilishning iloji yo‘q. Butun dunyo siyosatshunoslari esa qaysi davlat xuddi shunday inqirozga duch kelishi haqida taxmin qilmoqda.

    22.06.2022, 21:33   Izoh (0)   25415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda eng ko‘p g‘alla yetishtirayotgan viloyatlar ma’lum bo‘ldi

    22.06.2022, 20:11

    Yevropa Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyorlanmoqda

    22.06.2022, 14:16

    Afrikadagi ocharchilikning oldini olish uchun 2,3 milliard dollar ajratilmoqda

    22.06.2022, 11:21

    Eksport importdan qariyb 4 mlrd dollar kam: O‘zbekistonning yil boshidan beri tashqi savdo aylanmasi ma’lum bo‘ldi

    22.06.2022, 03:33

    Nega Pokiston hukumati odamlardan kamroq choy ichishni talab qilmoqda?

    21.06.2022, 22:19

    Partiyalar jangi: Liviyada nima sababdan neft ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi?

    21.06.2022, 20:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.