• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Rossiya—Ukraina urushi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?

    Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari tomonidan Rossiya—Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Rossiya—Ukraina qarama-qarshiligi oqibatlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga asosan inflyatsiya, tashqi savdo, uy xo‘jaliklarining birlamchi va ikkilamchi daromadlari, ko‘chmas mulk va foiz kanallari orqali ta’siri tahlil qilindi.

    Mazkur tahlilda 2022-yilning 10 oyi uchun statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Shoklar 2022-yil mart oyidan boshlab keyingi 18 oy uchun 3 xil ssenariyda (xomashyo narxi oshishi, pul o‘tkazmalarining kamayishi, mehnat bozori qisqarishi) simulyatsiya qilindi.

    Dunyoda inflyatsiyaga eng katta bosim asosan oziq-ovqat va energiya narxlarining keskin ko‘tarilishi hisobiga sodir bo‘layotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda aksariyat energiya narxlari davlat nazoratida bo‘lganligi sababli inflyatsiyaning tezlashishiga asosan oziq-ovqat va xizmatlar narxlarining o‘sishi sabab bo‘lmoqda.

    2022-yil fevral oyida yillik oziq-ovqat narxlari o‘sishi 13,1 foizgacha sekinlashgan bo‘lsa, oktabr oyiga kelib 16,3 foizgacha ko‘tarildi. Mazkur davrda mehmonxona va restoran xizmatlari narxlari yillik o‘sishi 14,7 foizdan 23,3 foizgacha tezlashdi.

    2022-yil mart—oktabr oylarida O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 47 foizga oshdi.

    Shunday bo‘lsa-da, global bozorlarda tovar va xomashyo narxlarining sezilarli ko‘tarilishi nominal eksport hajmining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, mart—oktabr oylarida Rossiyaga paxta ip-kalavasi eksporti 41 foizga ortgan.

    Lekin, ushbu davrda paxta tolasi narxlari o‘zgarishini hisobga olinganda, real o‘sish 8 foizni tashkil qiladi. Ta’kidlash kerakki, 2022-yilda so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursning barqarorlashuvi ma’lum darajada tashqi shoklarning salbiy ta’sirini yumshatdi.

    Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonga rossiyalik 318 ming nafardan ortiq fuqaro kelgan.

    PMTI

    PMTI

    PMTI ekspertlari tomonidan 750 ta relokantlar rezyumesini o‘rganish natijalariga ko‘ra kelayotgan mutaxassislarning o‘rtacha yoshi 32 yoshni tashkil etadi.Ish qidirayotganlarning 93 foizdan ortig‘i oliy ma’lumotli va o‘rtacha 8 yillik ish stajiga ega. O‘zbekistonga asosan muhandislar (barcha rezyumelarning 18 foizi), IT mutaxassislari (15 foiz), menejerlar, marketologlar, boshqaruv mutaxassislari va ma’muriy xodimlar (30 foiz), o‘qituvchilar (7 foiz), shifokorlar va farmatsevtlar (6 foiz), shuningdek, moliyachilar (4 foiz) tashrif buyurmoqda.

    Pul o‘tkazmalari tarkibida Rossiyaning ulushi oshib ketishi kuzatildi; 2022-yil mart oyida Rossiyadan pul o‘tkazmalarining O‘zbekistonga jami pul o‘tkazmalaridagi ulushi 50 foizgacha tushib ketgan bo‘lsa, may oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 85 foizga yetdi (2021-yilda 70 foiz, 2020-yilda 72 foizni tashkil etgan edi).

    Noyabr oyida Toshkent shahrida 1 kvadrat metr uchun xonadon narxlari o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 27 foizga oshgan, ya’ni ushbu ko‘rsatkich 2021-yil noyabrda 849 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil noyabrda 1078 dollarga yetdi.

    Uy-joy narxlarining jiddiy oshishi boshqa davlatlarda ham kuzatildi. Global House Price Index ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori inflyatsiya va ipoteka foiz stavkalarining ko‘tarilishi aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlarini cheklagan bo‘lishiga qaramay, 2022-yil birinchi choragida dunyoning 56 mamlakatida uy-joy narxlari o‘rtacha 10,2 foizga oshgan.

    Narxlarning o‘sishi global o‘zgarishlar natijasida pul oqimlarining ko‘chmas mulk bozoriga yo‘naltirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Inflyatsiya darajasining tezlashishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yashash xarajatlari oshishidan himoyalash uchun davlat xarajatlarining oshishiga sabab bo‘ldi.

    Masalan 2022-yilning 9 oyida ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari 14,5 trillion so‘mga yetib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 1,9 barobarga oshdi.

    Jahon bozorida xomashyo narxining 1 foizga ko‘tarilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

    Xomashyo narxining yuqorilashi oqibatida O‘zbekiston iqtisodiyoti real o‘sishi 2023-yilda potensialidan ko‘ra 2 foiz bandga sekinlashishi mumkin.

    Yuqori narxlar inflyatsiya darajasining qo‘shimcha 0,4 foiz bandga oshishiga, shu jumladan import inflyatsiyasi -0,3 foiz bandga o‘sishiga sabab bo‘ladi. Zarba ta’siri keyingi to‘rt chorak davomida seziladi.

    Oraliq iste’mol tovarlari narxlarining oshishi natijasida mahalliy ishlab chiqarishning qisqarishi sababli eksport 1 foiz band va import 0,4 foiz bandga kamayadi. Bu esa bandlik darajasining 1 foizgacha qisqarishiga olib kelishi mumkin.

    11.01.2023, 22:28   Izoh (0)   31197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada ish o‘rinlari soni 22 yil ichida rekord darajada o‘sdi

    11.01.2023, 21:55

    Rossiya katta farq bilan yetakchi: O‘zbekistonda 2022-yili qaysi mamlakat kompaniyalari ko‘proq tashkil qilindi?

    11.01.2023, 13:19

    O‘zbekiston eng yaxshi pasportlar reytingida uch pog‘ona yuqoriladi. Mamlakat O‘rta Osiyo bo‘yicha faqat Turkmanistondan oldinda

    11.01.2023, 12:21

    Jahon banki 2023-yil uchun global iqtisodiy o‘sish prognozini keskin pasaytirdi

    11.01.2023, 00:46

    Prognoz o‘zgardi: 2023-yilda Yevropada retsessiya yuz berishi kutilmayapti

    10.01.2023, 23:35

    Bug‘doy narxi pasaydi: O‘zbekiston birjasida o‘tgan haftadagi vaziyat qanday bo‘ldi?

    10.01.2023, 21:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.